Usı mahalada ulıwma bilim beriw mekteplerinde gandbol sabaqların nátiyjeli shólkemlestiriwdiń tiykarǵı komponentleri kórsetilgen. Onda gandbol shınıǵıwlarınıń bilimlendiriw, tárbiyalıq hám salamatlandırıwshı áhmieti, oqıwshılardıń jas hám fizikalıq ózgesheliklerine sáykes metodikalıq qatnaslar, shınıǵıwlardıń mazmunı hám formaları tallanǵan. Sonday-aq, gandbol oyının úyretiwde sabaq strukturası, oqiw-metodikalıq materiallar, úskeneler hám qáwipsizlik ilajları sıyaqlı áhmiyetli táreplerge itibar qaratılgan. Izertlew nátiyjeleri tiykarında ulıwma bilim beriw mekteplerinde gandbol sabaqların jáne de nátiyjeli shólkemlestiriw boyınsha usınıslar berilgen.
Ushbu maqolada tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish bo‘yicha mavjud amaliyotlar, ularning hisobini yuritish hamda auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kassa faoliyati banklarning moliyaviy barqarorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini belgilovchi muhim jarayonlardan biridir. Shuningdek, maqolada inkassatsiya xizmatlarining xavfsizligi, hujjatlashtirish tartibi, zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, audit tekshiruvlarining samaradorligi va ichki nazorat tizimini kuchaytirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida, xususan “Agrobank” ATB misolida auditorlik dalillarini to‘plash, tahlil qilish va baholash amaliyoti chuqur tahlil etilgan. Auditorlik dalillari — bu auditorlik xulosasini shakllantirish uchun asos bo‘ladigan axborot va hujjatlardir. Ularning ishonchliligi, yetarliligi va vaqtida taqdim etilishi audit sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda “Agrobank” ATBning amaldagi ichki audit tizimi, bank ichki nazorati va ma’lumotlar oqimining hujjatlashtirilish holati o‘rganilgan. Maqolada xalqaro audit standartlari (ISA 500 va boshqa tegishli normalar) asosida auditorlik dalillarini olishda zamonaviy yondashuvlar, xususan raqamlashtirish, blokcheyn texnologiyalari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va xavfga asoslangan audit metodlari qo‘llanishining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqot davomida “Agrobank”da mavjud bo‘lgan ayrim kamchiliklar – ichki axborot tizimlarining integratsiya darajasi pastligi, dalillarni avtomatik yig‘ish vositalarining yetishmasligi, auditorlar malakasining notekisligi — amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Maqolada auditorlik faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli audit platformalarini joriy qilish, ichki auditni kuchaytirish, auditorlar malakasini xalqaro sertifikatlar asosida oshirish va axborot tizimlarini o‘zaro bog‘lash orqali dalillarni real vaqt rejimida olish imkonini beruvchi tizimlar ishlab chiqish zarurligi asoslangan.
Maqala «Jınayıy qılmıs hám aqıbet arasındaǵı sebepli baylanıs» temasın úyreniwge qaratılǵan bolıp, jınayat hám onıń aqıbetleri arasındaǵı óz-ara baylanıslardı analiz etedi. Jınayatlardı islewge sebep bolatuǵın sociallıq, ekonomikalıq hám psixologiyalıq faktorlar, sonday-aq, jınayattıń jámiyetke tásiri hám onıń aqıbetleri túsindiriledi. Maqalada, sonday-aq, sırt el tájiriybelerine tiykarlanıp, jınayatshılıqtıń aldın alıw hám aqıbetlerin azaytıw ushın sociallıq sistemalardıń rolin úyreniw, jınayat hám jazalar arasındaǵı sebepli baylanıstı túsiniwge járdem beredi. Ózbekstan Respublikası hám basqa da rawajlanǵan mámleketlerdiń huqıqıy sistemalarındaǵı qatnaslar da usınılıp, jınayat hám onıń aqıbetleri arasındaǵı sebepli baylanıstı azaytıw ushın nátiyjeli ilajlar keltiriledi.
So‘nggi yillarda quyosh energiyasidan samarali foydalanish muhim ekologik va iqtisodiy masalaga aylangan. An’anaviy silikon asosidagi fotovoltaik panellarning samaradorligini oshirish maqsadida yangi fizik effektlar va ilg‘or materiallar keng tadqiq qilinmoqda. Mazkur maqolada yaqinda ilm-fanda kashf etilgan altermagnetik materiallarning spin-qaramli fototok hosil qilishdagi roli o‘rganiladi. Altermagnetik holat o‘zining nolinchi magnit momentiga qaramay, elektronlarning spiniga sezgir transport xossalari bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlarni yorug‘lik yutilishi bilan birgalikda qo‘llash orqali spin-selektiv fototoklarni hosil qilish mumkinligi nazariy jihatdan asoslanadi. Maqolada bu materiallarning elektron tuzilmasi, spin-selektivlik mexanizmlari va fotovoltaik tizimlarga integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kelajakda spintronik fotovoltaika yo‘nalishida yuqori samarali quyosh panellarini yaratishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.