Ушбу мақолада инсон салоҳиятини юксалтиришда бўш вақтдан самарали фойдаланишнинг замонавий тенденциялари таҳлил қилинади. Жаҳондаги ўзгарувчан ҳаёт тарзи, рақамлаштириш жараёнлари ва ижтимоий тармоқлар таъсирида инсонлар бўш вақтни қандай ўтказаётгани, ундан шахсий ривожланиш ва ижтимоий фаоллик учун фойдаланиш усуллари кўриб чиқилади. Шахсий ривожланиш, таълим, ижодий фаолият ва фитнес каби соҳалардаги замонавий ёндашувлар таҳлил қилинган.
Ushbu maqolada muallif davlat va huquq haqida fikrlar yuritgan. Davlat vujudga kelishi bilan huquq ham vujudga keladimi yoki davlat o’zi vujudga kelishi kifoyami degan savollarga faktlar bilan fikrlar yuritadi. Davlat va huquq nimalarni ifoda etishi haqida fikrlar bayon etgan.
Ushbu maqolada orfografik xatolarni tahlil qilish va ularni tuzatishning ahamiyati, xatolarning o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va kelajakdagi muvaffaqiyatiga ta'siri, tipik xatolarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish hamda xatolarni oldini olish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish haqida fikr yuritilgan.
Mazkur maqolada davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan raqamli tengsizlik muammosi yoritilgan. Asosiy e’tibor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishdagi hududiy, ijtimoiy va texnik tafovutlarga qaratilgan. Amaliyot davomida aniqlangan holatlarga asoslangan holda, raqamli savodxonlik darajasini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, interfeyslarni soddalashtirish, yordam xizmatlarini kengaytirish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.