Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimining talabalarning mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabatiga, bilim olishga nisbatan faolligi va mas’uliyatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirishdagi imkoniyatlar yoritiladi.
Hozirgi kunda barcha mamlakatlarda va yurtimizda madaniyat va san’at sohasi boshqaruviga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Sababi madaniyat menejmentiga yangicha bilim, yangicha ko‘nikma va yangicha dunyoqarash tabora kuchaymoqda. Shuning uchun ham ushbu tezisda madaniyat sohasi menejmentining muhum vazifalari haqida fikirlar yuritilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning tarixi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, strategik sheriklikni rivojlantirishdagi asosiy bosqichlar va istiqbolli loyihalar va Fransiyaning O‘zbekistondagi investitsion faoliyati, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlari va strategik loyihalar, energetika, infratuzilma, aviatsiya, ta’lim sohalarida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning shakllanishi, yo‘nalishlari va amaliy tashabbuslari, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, Afg‘onistondagi vaziyat va kiberxavfsizlik kabi muammolar yuzasidan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Ushbu maqolada sutni qayta ishlash jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladi. Gigiyena talablariga rioya qilish, mikrobiologik xavflarni kamaytirish, ilg‘or avtomatlashtirilgan tizimlar, hamda HACCP tizimining joriy etilishi orqali xavfsizlikni oshirish usullari tahlil qilinadi.