Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy asoslari, amaliy natijalari va istiqboldagi vazifalari tahlil qilinadi. Yoshlar siyosati mamlakat taraqqiyotining strategik omili sifatida baholanib, ta’lim, bandlik, innovatsiya, ijtimoiy himoya va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi.
Ushbu maqola raqamli bank xizmatlari va fintech-larning zamonaviy bank tizimidagi rolini ilmiy tahlil qiladi. Maqola bank sektorida raqamlashtirish jarayoni, fintech yechimlarining joriy etilishi, ularning samaradorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda banklar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyaning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Natijalar raqamli bank xizmatlari va fintech integratsiyasi banklar resurslarini optimallashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Maqolada harakat va holat fe’llarining leksik-semantik xususiyatlari haqida nazariy va tahliliy ma’lumotlar beriladi. Harakat va holat fe’llarining atash, ifoda, vazifa semalari va ularning ilmiy, badiiy, so‘zlashuv, rasmiy, publisistik uslublardan qaysi birida faol qo‘llanishi tahlillar orqali dalillanadi.
Maqolada Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning hayoti va ijodiy faoliyati, u ta’lim olgan o‘quv dargohlari hamda bu jarayonda uchragan sinov va qiyinchiliklar yoritiladi. Shuningdek, adibning adabiyotga kirib kelishi, hayotidagi muhim burilishlar, mehnat faoliyati va urush yillarida ko‘rsatgan jasorati haqida so‘z boradi. Undan tashqari, yozuvchining real hayot voqealariga tayangan asarlari hamda og‘ir xastalik davrida Zarifa opa g‘amxo‘rligi bilan yaratilgan ijod namunalari haqida ham ma’lumot beriladi.
Мақолада ёшлар ҳуқуқбузарликлари профилактикасининг асосий халқаро-ҳуқуқий моделлари ва БМТ стандартлари таҳлил қилинган. Тадқиқот доирасида Исландиянинг "муҳитни ўзгартириш", Скандинавия давлатларининг "ижтимоий қўллаб-қувватлаш" ва инглиз-саксон ҳуқуқ тизимининг "диверсия" моделлари қиёсий ўрганилган. Муаллиф халқаро стандартларни (Пекин, Риёд, Токио қоидалари) миллий амалиётга татбиқ этиш орқали профилактика тизимини инсонпарварлаштириш бўйича таклифлар илгари сурган.