Ushbu maqolada ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning nazariy-metodologik asoslari,jamiyat barqarorligi va davlat boshqaruvi tizimida ushbu jarayonning barcha asoslari tahlil qilinadi. Huquq meʼyorlarining ijtimoiy jarayonlarga taʼsiri,institutsional mexanizmlarning funksional samaradorligi, huquqiy tartibotning barqarorligini va modern huquqiy tizimlarning transformatsiya jarayonlari konseptual yondashuvlar asosida sharhlanadi. Shuniningdek, Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari kontekstida ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinishining yangi modeli ilmiy jihatdan asoslanib beriladi.
This article examines the systematic features of anthroponyms (personal names) in English and Uzbek from a comparative linguistic perspective. It analyzes how naming systems in both languages are organized and how they reflect cultural values, social structure, and historical development. The study outlines the main components of the anthroponymic system—given names, surnames, patronymics/matronymics, and additional name elements such as nicknames and honorific forms—and describes their functions in identification, kinship marking, and social positioning.
Atrof-muhit ifloslanishi zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yuqumli kasalliklarning sezilarli qismi suv, havo va tuproqning biologik ifloslanishi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy turlari, ular orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar, epidemiologik ahamiyati va profilaktika choralari ishonchli ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalari tahlil qilinadi. Xususan, “Boburnoma” hamda "Mubayyin" dan olingan fikrlar yordamida hukmdorning mas’uliyati, tartib-intizom va jazolashdagi adolat tamoyili huquqiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. "Boburnoma" — shoh va inson sifatidagi adolat mezonlarining ko‘zgusi. Tadqiqot natijasida, Boburning qarashlarida adolat va qonun ustuvorligi davlat boshqaruvida markaziy ahamiyatga ega ekanligi isbotlanadi.
Ushbu maqolada ko‘zida nuqsoni bor o‘quvchilarga kimyo fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan an'anaviy yondashuvlarni inkluziv ta‘lim talablari asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida audio-taktil integratsiyaga asoslangan innovatsion o‘qitish modeli — Multisensorli Gibrid Model (MGM) taklif etiladi. Brayl yozuvi, uch o‘lchamli (3D) molekulyar modellar, audio-ta‘rifli laboratoriya ishlari va sensor ta‘lim elementlaridan foydalanishning ta‘lim samaradorligiga ta‘siri empirik ma‘lumotlar asosida isbotlanadi.