The article scientifically highlights the pedagogical foundations, structural elements, and effectiveness of the "Versatile" methodology in developing productive communication skills in English among preschool preparation group children. It is emphasized that the methodology aligns with children's natural language acquisition process due to its basis in play, musical-motor, and role-play activities.
This article presents an analysis of the current state of gastronomic tourism in Uzbekistan, as well as a study of the gastronomic tourism market abroad. In addition, a marketing study of the gastronomic sector in Uzbekistan has been carried out. The opportunities and prospects for the development of gastronomic tourism in the country are considered.
Mazkur maqolada konstruktivistik yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida talabalarning ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy-statistik tahlil qilindi. Ishlab chiqilgan ta’lim modeli muammoli vaziyat yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, matn asosida axloqiy tahlil tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yishga asoslandi. Tadqiqot natijalari konstruktivistik yondashuv talabalarning axloqiy tushunchalarni anglash darajasi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi hamda qadriyatlarga ongli munosabatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada EmguCV kutubxonasi va .NET platformasi yordamida real vaqt rejimida ishlovchi yuzni tanish biometrik xavfsizlik tizimini ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Tadqiqotning asosi axborot xavfsizligini ta’minlashda kontaktsiz autentifikatsiya usullarini joriy qilishga qaratilgan. Tizimda tasvirlarga ishlov berish uchun OpenCV kutubxonasining C# uchun qobig‘i bo‘lgan EmguCV dan foydalanilgan. Yuzni aniqlash uchun Haar Cascade algoritmi, tanib olish uchun esa LBPH (Local Binary Pattern Histograms), Eigenfaces va Fisherfaces algoritmlari qiyosiy tahlil qilingan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, LBPH algoritmi turli yorug‘lik sharoitlarida 93.9% dan 99% gacha aniqlikni ta’minlab, real vaqt rejimidagi kirishni boshqarish tizimlari uchun eng samarali yechim hisoblanadi. Maqolada tizimning texnik arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash modullari va apparat qismini boshqarish tamoyillari batafsil bayon etilgan.
Mazkur maqola Birlashgan Arab Amirligi shaharlarida me’moriy-landshaft muhitini shakllantirish tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida Dubay va Abu-Dabi shaharlarida qo‘llanilayotgan landshaft rejalashtirish tamoyillari, yashil hududlar tizimi, suv tejovchi texnologiyalar hamda iqlimga mos dizayn yechimlari tahlil qilindi. Tadqiqotda taqqoslama va tizimli yondashuv asosida O‘zbekiston shaharlarining iqlimiy, tarixiy va urbanistik xususiyatlari inobatga olindi.