Mazkur maqolada slenglarning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq qilinadi. Aytilgan fikrlar misollar bilan dalillanadi. Slenglar zamonaviy tilda yashovchi so’zlar bo’lib, adabiy tilda foydalanish uchun nomaqbul deb hisoblanadi. Shuningdek, slenglarning ko’p so’zlari va iboralari keng ommaga tushunarsiz bo’ladi. Chunki, aksariyat slenglar ko’chma ma’noda qo’llaniladi va ular ko’pincha chet tillaridan, ularning dialekt va jargonlaridan o’zlashtirilgan bo’ladi. O‘zbek tilining slenglar lug‘atini yaratish tilimizning boy leksikasini va tilimizdagi xilma-xillikni namoyon qiladi. Shuningdek, tilimizni sotsial jihatdan tahlil qilish fandagi yangi ilmiy xulosalar tomon yetaklaydi. Bu boradagi ilk qadam slenglar va boshqa sotsial leksikaning ilmiy chegarasini belgilab olib, uning alohida xususiyatlarini belgilab olishdir.
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish usullari va samaradorligi, kasbiy kompetentlilik tushunchasi mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchisida bo’lishi lozim bo’lgan kasbiy hamda shaxsiy sifatlarning mazmuniy bog’liqligi masalalari yoritilgan.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining oliy ta’limga pedagogik-psixologik moslashuvchanligi haqida so’z yuritiladi. So'nggi yillarda talabalarning universitet sharoitlariga ijtimoiy-psixologik moslashuvi bilan bog'liq muammolarga ilmiy adabiyotlarga qiziqish ortib bormoqda. Shu bilan birga, adaptiv stressning intensivligini, moslashish jarayonining borishi va natijalarini belgilovchi omillarni aniqlash bilan bog'liq masalalar hal qilinmagan. Oliy oʻquv yurtlari - bu mikro muhit boʻlib, unda qaytarilmas salbiy jarayonlar, shaxsiy deformatsiyalarsiz, yosh shaxs bolaning qaram hayotidan mustaqil kattalarga oʻtishi mumkin. Maqola mazmunida ham ushbu muammoga atroflicha to’xtalib o’tilgan, chet el hamda o’zbek olimlarining ilmiy fikrlari keltirilgan, tahlil qilingan.
Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlarda fuqora muhofazasi tadbirlarini rejalashtirsh mavzusi nazariy-taxliliy o‘rganilib, sohaga oid ilmiy darsliklar, va meyyoriy hujjatlar tahlil etilgan, muallif tamonidan yurtimizda favqulodda vaziyatlar va fuqora muhofazasi fanining shakklanishi va rivojlanishi yoritib berilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyotda tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqbollari yoritib berilgan. Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi dolzarbligi va uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi muhimligi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek raqamli tadbirkorlik haqida ham ma’lumotlar berib o’tilgan.