ZAMONAVIY MENEJMENT VA UNING USULLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda menejment tizimining alohida o‘ziga xos ko‘rinishi shakllanib, dunyo miqyosida iqtisodiyotni boshqarishning O‘zbek modeli degan nomga sazovor bo‘ldi. Model beshta tamoyildan iborat bo‘lib, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida mamlakatni ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda menejment sohasida bu tamoyillar asosidagi O‘zbek modeli‖ alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan salmoqli ishlarni aksariyatining mohiyati shu kabi tamoyillarning o‘zaro bog‘liqligi bilan tushuntiriladi.


20.04.2024 Volume Issue View more Download
YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSIGA ASOSAN NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLAR MEHNATINING TARTIBGA SOLINISHI

Mazkur maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatining tartibga solinishi haqida so’z yuritiladi.


20.04.2024 Volume Issue View more Download
G'ARBIY EVROPA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ECTS KREDIT TIZIMINI BAXOLASh METODIKASI

Ushbu maqolada Evropa oliy ta’lim muassasalarida talabalarni baholash mezonlari ahamiyati va ularning ta’lim jarayoni va talabalar bilimini takomillashtirishdagi o‘rni tushunchasi muhokama qilinadi. Shuningdek baholash jarayonining maqsadlari tushunchasi ko'rib chiqiladi va standart baholash jarayoniga misol keltiriladi. Baholash tizimlari haqida qisqacha ma’lumot berilib, Evropaning yetakchi universitetlari misolida qo‘llaniladigan me’yoriy va mezonli tuzilmalarning afzalliklari va kamchiliklari batafsil bayon etilgan.


20.04.2024 Volume Issue View more Download
ЭКОЛОГИЯ СОҲАСИДАГИ ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА СУДГА ҚАДАР ИШ ЮРИТИШ БОСҚИЧИНИ ЎТКАЗИШ

Мақолада экология соҳасидаги жиноятларни тергов қилишда судга қадар иш юритиш босқичини ўтказиш механизмлари ёритилган. Амалга оширилган тадқиқот асосида умумий хулосалар берилган, экология соҳасидаги жиноятларни тергов қилишда судга қадар иш юритиш босқичини ўтказиш бўйича амалий тавсиялар билдирилган.


20.04.2024 Volume Issue View more Download
ЎЗБЕК ВА РУС АДАБИЁТШУНОСЛИГИДА АНЪАНАВИЙ ОБРАЗЛАР ВА УЛАРНИНГ ТАЛҚИНИГА ОИД ТАҲЛИЛЛАР

Жаҳон адабиёти ғоят ранг-барангдир. У ўзига хос синтез адабиёти бўлиб шаклланмоқда. Унда классисизм, романтизм, натурализм, реализм, модернизм, постмодернизм намоён бўлмоқда. Бадиий тафаккурда ҳис қилинган эркинлик боис жаҳон адабиёти билан ҳамнафас ўзбек адабиётида, хусусан, шеъриятида бошқа йўналишлар қатори модернизм ҳам ўзлигини танитди. Мақолада рус ва ўзбек шеъриятида учрайдиган анъанавий образларнинг талқинига оид илмий тадқиқотларга бироз назар ташланади ва таҳлилга тортилади.


20.04.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor