Mazkur ilmiy maqolada amnistiya institutining zamonaviy jinoyat-huquqiy siyosatdagi normativ-funksional mohiyati, uning konstitutsiyaviy legitimatsiyasi hamda davlatning insonparvarlik paradigmasini realizatsiya etishdagi institutsional roli kompleks yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy konsepsiyasi sifatida amnistiya faqatgina javobgarlik yoki jazodan ozod etishning formal-huquqiy mexanizmi emas, balki davlatning penal siyosatini optimallashtirish, jazolash va kechirim o‘rtasidagi aksiologik muvozanatni ta’minlash hamda ijtimoiy reintegratsiyani rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi ko‘p qatlamli huquqiy institut ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada amnistiyaning genezisi, evolyutsion taraqqiyoti hamda turli huquqiy oilalardagi doktrinal interpretatsiyalari tarixiy, qiyosiy-huquqiy va sistemali tahlil metodlari orqali o‘rganiladi. Xususan, amnistiya institutining Romano-german huquq tizimi, anglosakson yuridik modeli hamda postsovet davlatlari jinoyat siyosatidagi transformatsion tendensiyalari o‘zaro komparativ kesimda tahlil qilinadi. Shu bilan birga, amnistiyaning suveren hokimiyat akti sifatidagi tabiati, uning davlat irodasi, huquqiy diskretsiya va legitimlik kategoriyalari bilan uzviy aloqadorligi nazariy jihatdan dekonstruksiya qilinadi. Tadqiqot doirasida amnistiya institutining adolat prinsipi, jazo muqarrarligi, differensial javobgarlik, proporsionallik, subsidiarlik hamda huquqiy aniqlik kabi fundamental prinsiplarga ta’siri alohida tahlil obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif amnistiya institutining ikkiyoqlama huquqiy tabiatini asoslaydi: bir tomondan, u jazolash repressiyasini yumshatuvchi insonparvarlik instrumenti sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning haddan tashqari yoki konseptual asoslanmagan qo‘llanilishi normativ relativizm, jazo preventiv funksiyasining zaiflashuvi va jamoatchilikda adolat percepsiyasining deformatsiyasiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, maqolada amnistiya aktlarini qo‘llash amaliyotida uchraydigan diskretsion vakolatlarning chegaralari, normativ kolliziyalar, subyektiv selektivlik, huquqni qo‘llashdagi fragmentarlik hamda amnistiyaning kriminologik oqibatlari tanqidiy tahlil qilinadi. Ayniqsa, amnistiyaning penitensiar tizimga tushadigan yuklamani kamaytirish, penitensiar resotsializatsiya samaradorligini oshirish hamda jinoyat-huquqiy siyosatni humanizatsiya qilishdagi pragmatik ahamiyati dalillanadi. Maqola yakunida amnistiya institutini konseptual modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Jumladan, amnistiya qo‘llash mezonlarini normativ aniqlashtirish, huquqiy prognozlash mexanizmlarini joriy etish, individualizatsiya elementlarini kengaytirish, parlament va sud-huquqiy nazorat instrumentlarini takomillashtirish hamda milliy qonunchilikni xalqaro penal standartlar bilan harmonizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi. Mazkur tadqiqot amnistiya institutini oddiy kechirim yoki siyosiy-huquqiy jest sifatida emas, balki adolat, insonparvarlik, davlat suvereniteti va penal ratsionallik kesishgan murakkab normativ konstruktsiya sifatida qayta konseptuallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv amnistiya institutining nazariy asoslarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llash samaradorligini oshirish hamda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonlarida yangi ilmiy diskursni shakllantirish uchun metodologik asos yaratadi.
Mazkur maqolada Istiqlol davri oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman” hikoyasi tahlilga olindi. Ushbu hikoyada ramziy obrazlar orqali yetkazib berilgan bir hikoyada aslida “Jajman” deb nomlangan rasmiy obraz orqali aslida ijodkor “nafs” degan yomon illatni nazarda tutgandir? Maqolda shular tahlilga olinadi.
Maqalada jas kurashshılardiń fizikalıq sıpatların rawajlandırıwda háreketli oyınlardan paydalanıwdıń nátiyjeliligi úyreniledi. Izertlew procesinde háreketli oyınlardıń kúsh, tezlik, shıdamlılıq, epshillik hám koordinaciya sıyaqlı sporchılardıń tiykarǵı fizikalıq sıpatlarına tásiri tájiriybe tiykarında tallanadı. Sonday-aq, shınıǵıw procesine háreketli oyınlardı kirgiziw arqalı sporshılardıń qızıǵıwshılıǵı hám belsendiligin arttırıw, shınıǵıw nátiyjeliligin jaqsılaw imkaniyatları sáwlelendiriledi. Alınǵan nátiyjeler jas kurashshilardı tayarlaw sistemasın jetilistiriwde úlken áhmietke iye.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshish sport turining Olimpiya o‘yinlaridagi rivojlanish bosqichlari, sportchilarning natijalari hamda musobaqa samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy tayyorgarlik metodlari, jismoniy sifatlarning rivojlanishi va xalqaro musobaqalardagi natijalar asosida ilmiy xulosalar berilgan. Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishishda texnik, taktik va funksional tayyorgarlikning ahamiyati yoritilgan.
Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida yashovchi xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirishda jismoniy mashqlar va sportning ahamiyati yoritilgan. Hududdagi ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishlari hamda ijtimoiy omillarning ayollar salomatligiga ta’siri tahlil qilinib, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, xotin-qizlarni sport faoliyatiga jalb etishning pedagogik, ijtimoiy va sog‘lomlashtiruvchi jihatlari ilmiy asosda bayon etilgan.