Maqolamizni yozishda tahliliy hamda qiyosiy metodlardan foydalangan holda mediatorlik etika-estetikasini keng tahlil qilishga harakat qildik. Mediatorlik etika-estetikasi mediatorning kasbiy faoliyatida qanchalik muhimligi, uning qaysi usullar bilan qo‘llash va uning nizolarni muqobil hal etishda tutgan o‘rni haqidagi atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Yuritimizda mediatorlik etika-estetikasi hali kuchli rivojlanmagan bo‘lsa ham bir qator rivojlangan davlatlarda mediatorlik etika-estetikasi ancha bizdan oldinlab ildamlab ketgan hisoblanadi. Mediatorlik o‘zlarining etika-estetikasiga amal qilgan holda faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Boshqa kasblarning o‘ziga yarasha etika-estetikasi mavjud. Mediatorlik etika-estetikasi esa ulardan bir qancha farq qiladi. Ko‘pchilik hollarda etika-estetika deganda kiyinish va ozodalik tushuniladi. Albatta bular ham etika-estetika qoidalari hisoblanadi ammo mediatorlik etika-etetikasi boshqa prodessiyalarning etika-estetikasidan bir muncha farq qiladi. Mediatorlik etika-estetikasi faqatgina mediatorning o‘zini tutush qoidalarigina bo‘libgina qolmay, nizolarni hal etishda mediatorga kerak bo‘lgan bir qancha ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Aynan Singapur, Indoneziya, Malaziya, Rossiya hamda Amerika Qo‘shma shtatlarida mediatorlarning etika-estetikasiga alohida e’tibor berilgan. Ularning tajribalari o‘rgangan holda mediatorlik etika-estetikasini milliylashtirishimiz bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Мақолада фуқаролик авиацияси инфратузилмасида содир этилаётган жиноятларга қарши курашда тезкор-қидирув фаолиятининг ўрни ва аҳамияти ҳар томонлама таҳлил этилади. Ҳаво транспорти шароитидаги жиноий таҳдидларни аниқлаш ва фош этишда махсус тактик усуллар, замонавий кузатув воситалари ҳамда идоралараро ҳамкорликнинг уйғунлаштирилган механизми тақдим этилади. Муаллиф тезкор тадбирларнинг самарадорлигига таъсир этувчи омиллар, хусусан трансчегаравий уюшган жиноятларга қарши комплекс ёндашувларни илмий асосда асослайди.
Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi, ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.
Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin etishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko'p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iboratdir. Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o'tadi, agar qat'iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta'minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo'ladi. Agar aksi bo'lsa, ko'z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo'y o'smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro'y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.