International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



TIJORAT BANKLARIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMIGA HALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISH MISOLIDA)

Ushbu maqola tijorat banklarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlar asosida joriy etish zaruriyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda moliyaviy tizimdagi korrupsiya xavfi bank tizimining samaradorligi va xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, tijorat banklarida ichki nazorat tizimlarini mustahkamlash, bu tizimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda ilg‘or xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada ISO 37001:2016 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) va FATF (Moliyaviy faoliyat bo‘yicha ishchi guruh) tavsiyalari asosida tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlarini tashkil etish jarayoni, mazkur standartlarni joriy qilishning ustunliklari, banklarning ichki nazorat tizimlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklar keng yoritilgan. Ichki nazorat tizimi yordamida korrupsiya xavfini aniqlash, bartaraf etish va monitoring qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda banklar uchun xalqaro standartlarni tatbiq etish istiqbollari, milliy qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar va davlat hamda nodavlat sektorlarning ushbu yo‘nalishdagi hamkorligi haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini yaratish, ichki audit va xavf-menejment tizimlarini rivojlantirish, moliyaviy muassasalar uchun yuqori xavfsizlik va shaffoflik darajasini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.


12.11.2024 Volume 3 Issue 11 View more Download
SEMANTIC AND STYLISTIC CHARACTERISTICS OF LITOTES

This article discusses the semantic and stylistic features of litota. It is also one of the important factors in world linguistics that the study of a particular language on the basis of its specific national, historical features, litota is often used in fiction, poetry to enhance the descriptive and expressive features of speech, both in prose and poetry. both figurative, euphonic speech, and emphasis on key concepts have been explored.


11.11.2024 Volume 3 Issue 11 View more Download
A LOOK AT SOCIETY IN SOCIOLOGY

This article will discuss the development of the direction of sociology, which is gaining popularity and development in our time, the views on it, the studies being conducted and their results. As the field of sociology develops, its consequences greatly affect society. While sociological research plays a huge role in the development of society, nowadays it has not gained popularity in our country.


11.11.2024 Volume 3 Issue 11 View more Download
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA DANIYA, FINLANDIYA VA NARVEGIYA DAVLATLARINING TAJRIBISANI O'RGANISH VA O'ZBEKISTONGA TADBIQ QILISH

Mazkur maqolada "Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash" nomli maqola dunyodagi eng kam korrupsiyalangan davlatlar qatoriga kiruvchi Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribalarini chuqur tahlil qiladi. Maqolada ushbu mamlakatlarda korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgan huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlar solishtirma yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar shaffoflik mexanizmlari, fuqarolik jamiyatining ishtiroki va hukumat nazorati samaradorligi kabi asosiy omillarni muhokama qilishadi. Maqolada, shuningdek, ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi imkoniyatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitiga mos keluvchi amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni istagan siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.


11.11.2024 Volume 3 Issue 11 View more Download
MEDIATORLIK KASBINI RIVOJLANTIRISHDA MEDIATORLIK ETIKASINI JORIY QILISH. XALQARO MEDIATORLIK ETIKASI TAHLILI.

Maqolamizni yozishda tahliliy hamda qiyosiy metodlardan foydalangan holda mediatorlik etika-estetikasini keng tahlil qilishga harakat qildik. Mediatorlik etika-estetikasi mediatorning kasbiy faoliyatida qanchalik muhimligi, uning qaysi usullar bilan qo‘llash va uning nizolarni muqobil hal etishda tutgan o‘rni haqidagi atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Yuritimizda mediatorlik etika-estetikasi hali kuchli rivojlanmagan bo‘lsa ham bir qator rivojlangan davlatlarda mediatorlik etika-estetikasi ancha bizdan oldinlab ildamlab ketgan hisoblanadi. Mediatorlik o‘zlarining etika-estetikasiga amal qilgan holda faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Boshqa kasblarning o‘ziga yarasha etika-estetikasi mavjud. Mediatorlik etika-estetikasi esa ulardan bir qancha farq qiladi. Ko‘pchilik hollarda etika-estetika deganda kiyinish va ozodalik tushuniladi. Albatta bular ham etika-estetika qoidalari hisoblanadi ammo mediatorlik etika-etetikasi boshqa prodessiyalarning etika-estetikasidan bir muncha farq qiladi. Mediatorlik etika-estetikasi faqatgina mediatorning o‘zini tutush qoidalarigina bo‘libgina qolmay, nizolarni hal etishda mediatorga kerak bo‘lgan bir qancha ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Aynan Singapur, Indoneziya, Malaziya, Rossiya hamda Amerika Qo‘shma shtatlarida mediatorlarning etika-estetikasiga alohida e’tibor berilgan. Ularning tajribalari o‘rgangan holda mediatorlik etika-estetikasini milliylashtirishimiz bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin.


11.11.2024 Volume 3 Issue 11 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor