In many studies, the scanning electron microscopy (SEM) method is widely used to determine the morphological and surface structure of various adsorbent materials [104; 204–208]. This is because the morphological structure of sorbents significantly influences their physicochemical properties.
Ushbu ilmiy maqolada sprint yugurishida biomexanik ko‘rsatkichlarning sport natijalariga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarning harakat faoliyati videoanaliz usuli orqali o‘rganilib, qadam uzunligi, qadam chastotasi, tana og‘irlik markazining harakati, start reaksiyasi hamda tezlanish fazasining xususiyatlari aniqlangan. Olingan natijalar sprinterlarning yuqori natijalarga erishishida biomexanik parametrlarning optimal uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Shuningdek, sportchilarning individual antropometrik va funksional xususiyatlariga asoslangan holda mashg‘ulot jarayonini tashkil etish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari amaliy jihatdan murabbiylar va sportchilar uchun samarali mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.
Mazkur maqolada 14–15 yoshdagi sportchilar bilan dzyudo mashg‘ulotlarini olib borish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning o‘rni, ularning o‘zaro bog‘liqligi va samarali mashg‘ulot tizimlari tahlil qilinadi. Tadqiqot yosh sportchilarning fiziologik va psixologik xususiyatlariga mos holda mashqlarni tanlash va ularni bosqichma-bosqich qo‘llash tamoyillariga asoslanadi.
Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlariga soliq solish tizimining zamonaviy xususiyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari hamda ularning kichik biznes faoliyatiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida kichik biznes uchun amal qiluvchi soliq rejimlari, jumladan aylanmadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tizimiga integratsiya mexanizmlari hamda soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligi ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada raqamli soliq ma’murchiligining joriy etilishi, xususan elektron hisob-faktura tizimi, onlayn nazorat-kassa texnikalari va avtomatlashtirilgan soliq hisobotlari orqali soliq tizimi shaffofligi va samaradorligining oshishi yoritilgan. Ushbu jarayon kichik tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy yukni kamaytirib, ularning faoliyatini yengillashtirayotgani aniqlangan.
Ushbu ilmiy maqolada sport mashg‘ulotlarida ilimiy metodik yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Har bir sportchining jismoniy, funksional va psixologik xususiyatlari turlicha bo‘lganligi sababli, mashg‘ulot jarayonini standart asosda tashkil etish har doim ham yuqori samaradorlikni ta’minlamaydi. Tadqiqot davomida individual yondashuvning sportchilarning tezkorlik, chidamlilik, kuch va koordinatsiya sifatlariga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, mashg‘ulot yuklamasi, intensivlik darajasi va tiklanish jarayonlarini individual tarzda rejalashtirishning samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari individual yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar sport natijalarini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish hamda sportchilarning motivatsiyasini kuchaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.