International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



"JAHONSHO" DOSTONI TILIDA STILISTIK FIGURALARNING QO‘LLANILISHI

Maqolada qoraqalpoq xalq dostoni "Jahonsho"da qo‘llanilgan tilning obrazliligi uchun xizmat qiladigan stilistik figuralar o‘rganilgan. Asosan dostondan olingan misollarda inversiya, anafora, kakafoniya, epifora hodisalari va ritorik so‘roqlar ko‘rib chiqildi.


13.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
ГАРОВ ЭҲТИЁТ ЧОРАСИНИ ҚЎЛЛАШДА ГАРОВ МИҚДОРИНИ БЕЛГИЛАШ МЕЗОНЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мақолада гаров эҳтиёт чораси миқдорини белгилаш мезонлари, мулкий имконият ва процессуал хавф ўртасидаги нисбат ҳамда белгиланган гаровни киритиш имкони бўлмаганда юзага келадиган оқибатлар таҳлил қилинади. Гаров миқдорини жиноятдан етказилган зарарга боғлаш ёндашуви танқидий баҳоланади. Б.Н. Рашидов, Ю.В. Царева, Т.Л. Щерба, Д.А. Лёвин, Р.Я. Мамедов, С.Н. Мальцева, Д.Р. Нариманова қарашлари, Россия, Қозоғистон ва Беларусь қонунчилиги, Европа инсон ҳуқуқлари суди амалиёти ўрганилади. Муаллиф мутаносибликнинг икки босқичли моделини ва ЖПКнинг 249-моддасига учта таклифни илгари суради: гаров миқдорининг қонуний чегаралари ва уни асослаш мажбурияти, гаровни киритиш имконияти бўлмаганда уни қайта кўриб чиқиш ҳамда гаровни ҳукмдан кейин зарарни қоплашга йўналтириш.


13.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
XORAZM VOHASIDA PYRALIDAE OILASI BIOLOGIK XILMA-XILLIGINING MAKONIY-EKOLOGIK QONUNIYATLARI: FAUNA, AREAL VA BIOTOPLARARO DIFFERENSIATSIYA

Mazkur maqolada Xorazm vohasida Pyralidae (Lepidoptera) oilasi biologik xilma-xilligining makoniy-ekologik qonuniyatlarini o‘rganishning nazariy va metodologik asoslari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari oilaning tur tarkibini aniqlash, turlarning zoogeografik areallarini tavsiflash hamda biotoplararo ekologik farqlarni baholashdan iborat. Turlarni morfologik identifikatsiya qilish, standartlashtirilgan dala kuzatuvlarini tashkil etish va zamonaviy statistik usullardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, turlar boyligi, biologik xilma-xillik indekslari va ekologik omillar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari hudud entomofaunasini tizimli o‘rganish, turlarning tarqalishini hujjatlashtirish va kelgusidagi ekologik monitoring uchun ilmiy asos yaratishga yo‘naltirilgan.


13.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
XVIII ASRDA BUXORO DAVLATCHILIGINING TRANSFORMATSIYASI VA “KATTA O‘YIN” DAVRIDA TASHQI SIYOSATI: TURK TARIXSHUNOSLIGI TALQINIDA

Ushbu maqolada XVIII asrda Buxoro davlatchiligida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar, Ashtarxoniylar sulolasining inqirozi, Mang‘itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi hamda XIX asrda “Katta o‘yin” sharoitida Buxoro amirligining tashqi siyosati zamonaviy turk tarixshunosligi materiallari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya, Usmonli imperiyasi va Afg‘oniston bilan munosabatlari, davlat mustaqilligini saqlashga qaratilgan diplomatik harakatlari hamda mintaqaviy geosiyosiy jarayonlarning amirlik siyosiy taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Turk tadqiqotchilarining qarashlari asosida Buxoro amirligi faqat yirik imperiyalar manfaatlari to‘qnashgan hudud emas, balki murakkab xalqaro vaziyatda o‘z siyosiy manfaatlarini himoya qilishga intilgan davlat sifatida baholanadi.


13.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
SALVIA TURKUMIGA MANSUB DORIVOR O‘SIMLIKLARNI IN VITRO KO‘PAYTIRISH VA BIOLOGIK FAOL BIRIKMALAR BIOSINTEZINI OPTIMALLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada Salvia L. turkumiga mansub dorivor o‘simliklarni in vitro sharoitida ko‘paytirish, biologik faol birikmalar biosintezini optimallashtirish va genetik resurslarini uzoq muddat saqlash istiqbollari yoritilgan. Dorivor mavrak turlarining biologik xususiyatlari, fenolik birikmalar, flavonoidlar, terpenoidlar va efir moylarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘simlik to‘qimalari kulturasi, oziqa muhiti tarkibi, fitogormonlar hamda elicitorlardan foydalanishning metabolitlar to‘planishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Genetik resurslarni saqlashda sekin o‘sish sharoitida saqlash va kriosaqlash usullarining imkoniyatlari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari Salvia turkumiga mansub dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, biologik faol moddalar olish va qimmatli genetik resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha istiqbolli biotexnologik yondashuvlarni umumlashtirishga xizmat qiladi.


13.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor