Мақолада экология соҳасидаги жиноятларни тергов қилишда судга қадар иш юритиш босқичини ўтказиш механизмлари ёритилган. Амалга оширилган тадқиқот асосида умумий хулосалар берилган, экология соҳасидаги жиноятларни тергов қилишда судга қадар иш юритиш босқичини ўтказиш бўйича амалий тавсиялар билдирилган.
Kavrak (Ferula asafetida) kuchli oltingugurt hidli, dorivor moddalarga boy bo’lgan va ko’pgina sharq davlatlarida bir necha asrlardan buyon ziravor, shu bilan birga xalq tabobatida shifobaxsh o’simlik sifatida iste’mol qilinadi. So’ngi tadqiqotlar natijasida kavrakning bir qator istiqbolli faol xususiyatlari aniqlandi. Uning antioksidantlik, ovqat hazm qilish fermentlariga ta’siri, xotirani yaxshilash, neyrohimoyaviy, antispazmolitik, gipotenziv, antifungal, antibakterial, antikanserogenlik, antitoksiklik, va antidiabetiklik xossalari bunga misol bo’ladi. Kavrakning ushbu fitokimyoviy xossalari farmakologik va klinik tadqiqotlarning turli xil muammolarini samarali hal qila oladi.
Ushbu maqolada Evropa oliy ta’lim muassasalarida talabalarni baholash mezonlari ahamiyati va ularning ta’lim jarayoni va talabalar bilimini takomillashtirishdagi o‘rni tushunchasi muhokama qilinadi. Shuningdek baholash jarayonining maqsadlari tushunchasi ko'rib chiqiladi va standart baholash jarayoniga misol keltiriladi. Baholash tizimlari haqida qisqacha ma’lumot berilib, Evropaning yetakchi universitetlari misolida qo‘llaniladigan me’yoriy va mezonli tuzilmalarning afzalliklari va kamchiliklari batafsil bayon etilgan.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 64-моддасига кўра, ота-оналар ўз фарзандларини вояга етгунларига қадар боқиш ва тарбиялашга мажбурдирлар. Ўзбекистон Республикаси Оила кодексига асосан ота-онанинг вояга етмаган болаларига таъминот бериши кўрсатилган. Шунингдек, “Бола ҳуқуқлари тўғрисида”ги Конвенсияда ҳам вояга етмаган ва вояга етган меҳнатга лаёқатсиз болаларнинг моддий таъминот олиш ҳуқуқи белгилаб қўйилган.
Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni tugallanadi. Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu bilan bir vaqtda ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot qurtlar pilla o‘rash uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon yog‘ochlari tomon balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday harakat yo‘q, ular bemalol pilla o‘rayveradi.