Ushbu maqola bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo`layotgan tilning o'zgarishini tahlil qiladi. Maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning so'zlashuv tiliga ta'siri, yangi so'zlar, qisqartmalar va emojilar kabi unsurlarni qanday shakllanishi, hamda tilning yangi shakllarining yuzaga kelishi ko'rib chiqiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda til o'zgarishining ijtimoiy va madaniy jihatlari, shuningdek, yoshlar orasida tez tarqalgan til o'zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Tahlil qilishda, zamonaviy aloqa vositalarining tilni qanday shakllantirishi va so'zlashuvda qanday o'zgarishlar yuz berishi o’rganiladi.
Ushbu maqolada Xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekistonda ‘‘yashil iqtisodiyot’’ga tutgan o‘rni tubdan o‘rganilib chiqiladi. Undan tashqari ‘‘yashil iqtisodiyot’’da bo‘layotgan muammolar o‘rganilib chiqiladi. Shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida “ yashil” iqtisodiyotga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ushbu maqolada zamonaviy gadjetlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Gadjetlardan foydalanishning salbiy va ijobiy jihatlari ko’rib chiqilib, ota – onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar beriladi. Gadjetlarning ta’lim jarayonini qo’llab – quvvatlash, ijodiy fikrlash va mantiqiy qobiliyatni rivvijlantirishdagi ijobiy jihatlari yoritiladi. Shu bilan birga, diqqatning susayishi, uyqu buzilishi, ijtimoiy muloqot muammolari va internet xavflari kabi salbiy jihatlariga ham e’tibor qaratiladi. Maqola bolalarning sog’ligi, ijtimoiy muloqoti va psixologik holatiga gadjetlarning ta’sirini o’rganishga qaratilgan. Ota – onalar uchun tavsiyalar keltirilib, bolalarning gadjetlardan sog’lom foydalanishiga yo’naltirilgan chora – tadbirlar taklif etiladi.
Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan. Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar yuritilgan.