Manzarali o‘simliklardan unumli foydalanish, ularni ko‘paytirish, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan manzillarni manzarali o‘simliklar bilan boyitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Dorivor va manzarali o‘simliklar inson salomatligini tiklash bilan bir qatorda, insonlarga yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, atrof muhit havosini tozalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Lavanda (Lavandula) o‘simligini yetishtirish va uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha batafsil yoritib berilgan.
Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, pedagogik qarashlari, qoldirgan me’rosi va ularning siymolarini o’rganish har doim ham jamiyatning asosiy maqsadi bo’lib kelgan. Tarixdan ma’lumki jadidlar o’zlarining qarashlarida milliy tarbiyani, ma’rifatparvarlik goyalarini ilgari surib, millatni ilmsizlik jahоlatidan qutqarish uchun eski maktabni islоh qilishni zarurligini isbоtlab, usuli jadidiyaga asоs sоldi. Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining yuqoridagi mazmunga oid bo’lgan qarashlari haqida so’z boradi.