International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



GIPOFIZ BEZIDAGI O’ZGARISHLARNING BEPUSHTLIKKA TA’SIRI UNI OLDINI OLISH PROFILAKTIK USULLARI

Ushbu maqolada gipofiz bezidagi o’zgarishlarning bepushtlikka ta’siri uni oldini olish profilaktik usullari haqida so‘z boradi. Gipofiz bezi organizmning endokrin tizimida muhim rol o‘ynab, gormonal muvozanatni saqlashda ishtirok etadi. Uning faoliyatidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, gormonlar yetishmovchiligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi erkaklar va ayollarda bepushtlikka olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada gipofiz bezining gormonal disfunksiyasi natijasida yuzaga keladigan bepushtlik sabablari, uning diagnostikasi va davolash usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, jumladan, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, stressni kamaytirish va gormonal muvozanatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Mazkur tadqiqot gipofiz bezi kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash orqali bepushtlik xavfini kamaytirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni yoritib beradi.


07.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
TIJORAT BANKLARINING INNOVATSION STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada tijorat banklarining innovatsion strategiyasini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda bank xizmatlarini takomillashtirish, mijozlar ehtiyojiga mos raqamli yechimlarni joriy etish, bozor talablariga moslashuvchan yondashuvni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Orient Finans Bank misolida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, raqamli xizmatlar orqali mijozlar bazasini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada innovatsion strategiyaning asosiy yo‘nalishlari — mobil va internet-banking, masofaviy xizmatlar, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining bank amaliyotiga joriy etilishi asosida tahlil qilingan. Xulosa qismida esa strategik takomillashtirish va doimiy innovatsion rivojlanish uchun tavsiyalar berilgan.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
FACTORS FORMING LEARNING MOTIVATION IN PRIMARY STUDENTS

This article examines the pedagogical aspects of forming learning motivation in primary school students. Students' interest in the educational process, activity, and internal desire to learn directly affect educational effectiveness. The article identifies the teacher's approach, personal interests, the role of the educational environment, and student-teacher relationships as important factors in forming the motivation process. It also emphasizes that students' motivation to learn can be increased through motivational methods, interactive learning, and practical activities. The article also examines the importance of using pedagogical technologies, encouraging students to think independently, and socio-psychological motivation. These recommendations will help teachers organize the educational process in primary school more effectively. Thus, this work is devoted to the study of theoretical and practical aspects of the formation of learning motivation in primary school students.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
O`LIM JAZOSI JINOYATNI OLDINI OLISH UCHUN SAMARALI YECHIMMI?

Barchamizga ma’lumki, jazo tizimlari haqida so`z yuritayotganda o`lim jazosi hech qachon chetda qoldirilmaydi. Ushbu jazo chorasining kelib chiqishi juda uzoq tarixga borib taqalsada, haligacha dunyoning ko`plab mamlakatlarida oliy jazo sifatida qo`llanib kelinmoqda. Mazkur maqolada o`lim jazosi jinoyatchilikka qarshi kurashda qanday ahamiyat kasb etishi va uning inson huquqlariga ta`siri haqida so`z boradi.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
OILA PSIXOLOGIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Ushbu maqola oilaviy hayot psixologiyasining jamiyatdagi ahamiyati va oilaning ijtimoiy funktsiyalari haqida tadqiqotlarga asoslangan holda oila psixologiyasi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Oila psixologiyasining asosiy tushunchalari hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni jamlagan holda tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funktsional imkoniyatlariga ko‘ra psixologik darajalari hamda noto‘liq oilalar shakllanishining o‘ziga xos ko‘rinishlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, oila psixologiyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borilgan metodikalarga asoslangan holda psixologik yondashuvga asoslangan holda tadqiqot natijalari keltirib o’tilgan.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor