Ushbu maqolada bugungi kunda ko’plab insonlarda uchraydigan kasalliklardan biri parkinson kasalligining kelib chiqish sabablar va kimlarda bu kassallik ko’p uchrashi, uning salbiy oqibatlari, shuningdek davolashda qanday chora tadbirlar qo’llanishi va tabiiy yo’llar bilan davolash mumkinligi haqida ma’lumot berilgan.
Korxona moliyaviy barqarorligi - bu faoliyatning uzluksizligini ta’minlash va korporativ strategiylarni amalga oshirishga asos bo‘lib, iqtisodiy va moliyaviy xavf-xatarlarning samarali boshqarilishiga tayangan holda ishlaydi. Maqolada moliyaviy barqarorlikning muhim yo‘nalishlari, uning iqtisodiy va moliyaviy tizimdagi o‘rni, barqarorlikni baholash mezonlari va turlari hamda moliyaviy barqarorlik bilan barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqliklar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada global kompaniyalarda barqaror rivojlanish va korporativ ijtimoiy mas’uliyat (KIM) tamoyillarining integratsiyasi va boshqaruvi tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari hamda KIMning mohiyati va ahamiyati yoritib berilgan. Global kompaniyalarning ilg‘or amaliyotlari, KIM tamoyillarini joriy etish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni samarali boshqarish strategiyalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada Unilever, Tesla va IKEA kabi kompaniyalarning barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatli tajribalari misol sifatida keltirilgan. Xulosa qismida barqaror rivojlanish va KIMni integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu ish global miqyosdagi kompaniyalar uchun barqaror rivojlanishning strategik yondashuvlari haqida keng tasavvur beradi.
Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarini boshqarishda raqamlashtirishning ahamiyati va imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning, jumladan, BIM, IoT va sun’iy intellektning qo‘llanilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va ma’lumotlarni real vaqt rejimida boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan kadrlar malakasi, texnik infratuzilma va huquqiy me’yorlar bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Raqamlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kadrlarni tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan.
В статье рассматривается роль эмоционального интеллекта (ЭИ) как ключевого компонента в формировании лидерских качеств у студентов. Эмоциональный интеллект включает в себя самоосознание, саморегуляцию, эмпатию и социальные навыки, которые являются основой для эффективного лидерства. В статье подробно анализируется, как ЭИ влияет на способность управлять эмоциями, решать конфликты, мотивировать команду и принимать обоснованные решения. Особое внимание уделено важности ЭИ для создания позитивной атмосферы в коллективе, построения доверительных отношений и адаптации к изменениям. Эмоциональный интеллект способствует развитию лидерских качеств, таких как гибкость, креативность, стратегическое мышление и способность сохранять эмоциональную стабильность в кризисных ситуациях. В итоге, статья подчеркивает, что развитие ЭИ у студентов является важным аспектом их подготовки к лидерской деятельности в различных сферах жизни.