Ushbu maqolada mustaqillik davrida Xorazm vohasida olib borilgan tadqiqotlar haqida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Xorazm vohasidagi chet ellik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari ko’rib chiqiladi. Maqolada Xorazm Arxeologiya-Etnografiya ekspeditsiyasining Xorazm vohasini o’rganilishidagi ahamiyati, mustaqillik davrida o’rganilgan qadimiy qal’alar haqida o’rganiladi.
Tarjimonlik madaniyatlar, tillar va xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Ushbu kasbda to'g'rilik va aniqlikni saqlash, madaniy moslikni ta'minlash, hassos mavzular bilan ishlashda ehtiyotkorlik qilish hamda konfidentsiallikni saqlash kabi mas'uliyatlar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Shuningdek, halollik, xolislik, professionalizm va madaniyatga hurmat kabi axloqiy me'yorlarga rioya qilish zarurati ko'rsatilgan. Maqolada tarjimonning nafaqat so'zlarni tarjima qilishi, balki ular orqali hissiyot va madaniyatni aniq va mos ravishda yetkazishi lozimligi ta'kidlanadi. Tarjima jarayonida ijodiy yondashuv va moslashuvchanlik kabi qobiliyatlar muhim o'rin tutadi. Maqola tarjimonning yuksak mas'uliyat bilan ishlashi, axloqiy me'yorlarga rioya qilishi hamda madaniyatlar o'rtasida muvaffaqiyatli ko'prik qurishga xizmat qilishi lozimligini yoritadi.
Ushbu maqolda Valeriana officinalis L. o’simligining urug’ unuvchanligini aniqlashga qaratilgan. Turli haroratda unish muddatlari va unuvchanlik qobilayti aniqlangan. Tegishli xulsa va fikrlar keltirilib o’tilgan. Shuningdek maqolada o’simlikning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, dunyobo’ylab tarqalish areallari keltirilgan.
Inson qonunlar va huquqiy normalar ustuvor bo‘lgan jamiyatda yashar ekan, u o‘z huquq va erkinliklari orqali ijtimoiy munosabatlarga faol kirishadi. Ushbu munosabatlar davomida tabiiy ravishda turli nizolar yuzaga kelishi mumkin. Chunki, har bir shaxs o‘ziga yuklatilgan huquqiy majburiyatlarni har doim ham subyektiv yoki obyektiv sabablarga ko‘ra to‘liq bajara olmaydi yoki bajarishni istamaydi. Shuningdek, insonlarning huquqbuzarlikka moyilligi yoki uni sodir etishga xohishi borligini ham e’tirof etishimiz kerak. Bu kabi huquqbuzarliklar, o‘z navbatida, javobgarlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda ham nizolar va nizoli holatlar yuz berib turadi. Bunday holatlarda xalqaro ommaviy huquq subyektlari ham insonlar kabi huquqiy oqibatlar va javobgarlikka tortilish tartib-qoidalariga duch keladi. Ushbu maqola doirasida xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda subyektlarning javobgarligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.