Mazkur maqolada A2 bosqichida ingliz tilini o‘qitishda reproduktiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinglab tushunish va o‘qib tushunish ko‘nikmalarining o‘rni, ularni shakllantirishda samarali metod va yondashuvlar yoritilgan. Kommunikativ, integrativ va vazifaga asoslangan yondashuvlar asosida mashqlar tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, A2 darajadagi o‘quvchilar uchun mos didaktik materiallardan foydalanish, strategiyalarni o‘rgatish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Ushbu maqolada O'zbekiston qishloq xo'jaligi sektorida iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va ularni takomillashtirish yo'llari tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlari, davlat tartibga solish choralari, dehqon va fermer xo'jaliklari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, hamda mol-mulk munosabatlarining zamonaviy shakllari o'rganilgan. Natijalar qismida O'zbekiston qishloq xo'jaligida iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko'rsatkichlari taqqosiy jadvallar orqali tahlil qilingan va takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi. Biz maqolada korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ekonometrik modellashtirishning ahamiyati va dolzarbligini ta'kidlaydigan ilmiy-nazariy va amaliy asoslar, gipotezalar, qonunlar va rivojlanish tendentsiyalarini, hamda Ishlab chiqarish korxonasining iqtisodiy xavfsizligini ekonometrik modelini ko’rib chiqiladi.
Mazkur maqolada islomiy banklarda raqamli mikro-moliyalashtirish tizimlarining nazariy asoslari, ularning iqtisodiy ahamiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida islomiy moliyaning asosiy tamoyillari – riba (foiz) taqiqi, riskni taqsimlash, aktivlarga asoslangan moliyalashtirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillari raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Xususan, FinTech texnologiyalarining islomiy moliya institutlari faoliyatiga ta’siri, mikroqarzlar, mushoraka, mudaraba va murabaha asosidagi moliyalashtirish jarayonlarining raqamlashtirilishi, mobil banking, blockchain va sun’iy intellekt asosidagi kredit baholash tizimlarining joriy etilishi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, Malayziya, Indoneziya, BAA va Saudiya Arabistoni tajribasi asosida raqamli islomiy mikro-moliyalashtirish modellarining amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu mamlakatlarda raqamli platformalar orqali moliyaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishi, tranzaksiya xarajatlarining kamayishi va moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasining ortishi ilmiy asosda tahlil etilgan. Tadqiqot davomida 2021–2025 yillar kesimida global va mintaqaviy statistik ma’lumotlar asosida raqamli mikro-moliyalashtirish bozorining o‘sish dinamikasi ham ko‘rib chiqilgan.
Mazkur ilmiy tezisda sanoat korxonalarida xodimlarga taqdim etiladigan imtiyozlar tizimining samaradorligini HR analytics asosida baholash va optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — raqamli tahlil vositalari yordamida imtiyozlarning xodimlar motivatsiyasi, mehnat unumdorligi va tashkilotdagi sadoqat darajasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalarida inson resurslarini boshqarishda an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv tizimlariga o‘tish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil, solishtirma tahlil hamda korrelyatsion-regression usullar qo‘llanilib, imtiyozlar xarajatlari va asosiy HR ko‘rsatkichlari (employee engagement, turnover, absenteeism, productivity) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Xususan, yirik sanoat korxonasi sifatida O‘zbekko‘mir AJ misolida imtiyozlar tizimining amaldagi holati tahlil qilinib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqildi.