Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali takomillashtirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Jismoniy tarbiya bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada harakatli o‘yinlar, ularning turlari va foydalari haqida so‘z yuritilib, bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda qanday qilib samarali foydalanish mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi. O‘yinlar orqali bolalar mushaklarni rivojlantirish, muvozanatni saqlash, hamkorlik qilish va stressni kamaytirish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Ushbu tadqiqot natijalari o‘qituvchilar va ota-onalar uchun jismoniy faoliyatni rag‘batlantirishda muhim yo‘riqnoma bo‘lishi mumkin.
Maqolada madaniy globallashuv sharoitida ta‘limning o‘rni va roli hamda uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muammolari muhokama qilinadi. Shaxsning estetik madaniyatini rivojlantirishning funktsional imkoniyatlari va istiqbollari, shu jumladan turli xalqlar madaniyatlarining o‘zaro ta’siri jarayonida aniqlanadi. Yoshlarning badiiy madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin vakillaridan biri boʻlgan Nodir Jonuzoq ijodida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Badiiy tasvir vositalaridan metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet, jonlantirish, takror va mubolagʻa kabi badiiy tasvir vositalarining qoʻllanilishi misollar bilan tahlil qilinadi. Shoirning til va uslubdagi individual mahorati, uning sheʼrlaridagi lisoniy xususiyatlar, shuningdek, badiiy obrazlarning lingvopoetik jihatlari oʻrganiladi.
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik mahoratini oshirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, start texnikasi, bosqichma-bosqich tezlanish, harakat mexanikasi va plyometrik tayyorgarlik usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif tomonidan haftalik mashg‘ulot rejasi asosida sportchilarning texnik rivojlanish ko‘rsatkichlari jadvalda bayon etiladi.