Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda mental arifmetikaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aqliy rivojlanish, diqqatni jamlash va tez fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mental arifmetikaning ta’siri asoslangan. Asosiy qismda to‘rt yechilgan masala orqali mazkur metodikaning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi.
Gap tarkibidagi oʻzaro tobe bogʻlanishda boʻlgan soʻzlardan bittasi tobe boʻlak ikkinchisi hokim boʻlak vazifasini bajaradi. Tobe boʻlak hokim boʻlakka bogʻlanib hokim boʻlak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap boʻlagi nomi bilan yuritiladi. Gapda soʻzlar oʻzaro grammatik munosabatga kirishib gap boʻlaklarini hosil qiadi. Gap boʻlaklari vazifasini mustaqil soʻzlargina bajaradi.Har bir boʻlagi boshqa gap boʻllaklari bilan boʻlgan grammatik munosabatlariga koʻra belgilanadi, ya’ni har bir gap boʻlagi oʻzi munosabatga kirishgan soʻz bilan ma'lum sintaktik aloqada boʻladi. Quyidagilar gap boʻlaklari turlarini belgilashda eng asosiy xususiyat boʻla olmaydi: 1) soʻzlarning qaysi turga mansubligi; 2) soʻzlarning qaysi soʻroqqa javob boʻlishi; 3) soʻzlarning gap ichida joylashish tartibi; 4) soʻzlarning qanday qoʻshimchalar olishi.
Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik mahoratini oshirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, start texnikasi, bosqichma-bosqich tezlanish, harakat mexanikasi va plyometrik tayyorgarlik usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif tomonidan haftalik mashg‘ulot rejasi asosida sportchilarning texnik rivojlanish ko‘rsatkichlari jadvalda bayon etiladi.