Mazkur ilmiy maqolada yoshlarni kasbga jalb qilish jarayonining ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari, ichki motivatsiya omillari, kasbiy identifikatsiya jarayoni hamda zamonaviy mehnat bozori talablari o‘rganiladi.
Mazkur ishda PCE-RVI 2 viscometer yordamida avtomobil moylarining qovushqoqlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning sifatini baholash usullari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida moylarning turli harorat sharoitlarida oqim xossalari, ichki ishqalanish darajasi hamda ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida moylarning standart talablariga mosligi, ularning dvigatel ish samaradorligiga ta’siri va xizmat muddatini uzaytirishdagi ahamiyati baholandi. Shuningdek, viskozimetriya usulining afzalliklari, aniqlik darajasi va amaliy qo‘llanish imkoniyatlari yoritib berildi.
Ushbu maqolada adabiy manbaning musiqiy-sahnaviy asarga ko‘chish mexanizmlari Anvar Ergashevning “Chexoviana” baleti misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Robert Shumanning “Kreysleriana” turkumi bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, musiqiy portret janrining evolyutsiyasi, libretto va musiqa dramaturgiyasining o‘zaro ta’siri hamda A.P. Chexov nasrining musiqiy transformatsiyasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy teatr talqinlari va musiqiy simvolizmning o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limning 3-sinf ona tili darslarida “Gap” mavzusini o‘qitish jarayoni orqali o‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish masalasi tahlil qilingan. Maqolada “Gap” tushunchasini o‘zlashtirishning o‘quvchilarning og‘zaki v;a yozma nutqiga ta’siri, fikrni aniq va izchil ifodalash malakasini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlardan — “Savol-javob”, “Zanjir”, “Aqliy hujum”, “Rol o‘ynash” kabi usullardan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning muloqotga kirishish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
В данной статье комплексно рассматриваются теоретические и практические аспекты повышения конкурентоспособности и инвестиционной привлекательности организации в условиях современной глобализированной и цифровой экономики. Актуальность исследования обусловлена усилением конкурентной борьбы на национальных и международных рынках, а также необходимостью привлечения устойчивых инвестиционных ресурсов для обеспечения долгосрочного развития предприятий. В работе проанализированы современные научные подходы к определению конкурентоспособности, в том числе концепции Майкл Портер, основанные на формировании устойчивых конкурентных преимуществ, а также маркетинговые подходы Филип Котлер, ориентированные на потребительскую ценность и рыночную адаптацию. Кроме того, рассмотрена роль инновационного фактора в обеспечении инвестиционной привлекательности организаций, опираясь на идеи Йозеф Шумпетер о значении инноваций как ключевого драйвера экономического роста и инвестиционной активности.