International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



PANKREATITLARNI XIRURGIK DAVOLASH USULLARI

Ushbu maqolada o‘tkir va surunkali pankreatitlarning jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari tahlil qilinadi. Pankreatit kasalligida jarrohlik aralashuvining maqsadi — o‘pka, buyrak, va yurak-tomir tizimlaridagi ikkilamchi asoratlarning oldini olish, shuningdek, yiringli va nekrotik jarayonlarni bartaraf etishdir. Maqolada pankreatitning patogeneziga, tasnifiga, shuningdek, hozirgi zamon jarrohlik usullarining afzallik va kamchiliklariga nazariy asosda yondashilgan.


27.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
FRAZEOLOGIYA VA PAREMIOLOGIYADA XITOY TOPONIMLARINING FUNKSIONAL MOHIYATI

Ushbu maqolada xitoy tili frazeologiyasi (成语学, 惯用语学) va paremiologiyasida (谚语学) toponimlarning lingvokulturologik, kognitiv va pragmatik funksiyalari keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Xitoy tili misolida toponimlarning geografik nom sifatidagi dastlabki vazifasidan chetga chiqib, tarixiy alluziya, madaniy kod, mintaqaviy stereotip, mental xarita elementi, konseptual dominanta va metaforik sema sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqotda xitoy toponimlari asosida shakllanadigan “madaniy-geografik metafora”, “markaz–chekka paradigmasi”, “madaniy relyef”, “tarixiy-kognitiv qatlam” kabi yangi konseptual modellarning frazeologik va paremiologik birliklar tarkibidagi roli hamda ularning milliy tafakkur, ijtimoiy me’yor va madaniy identitetni shakllantirish jarayonidagi o‘rni ilk bor kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Maqola natijalari xitoy tilini lingvokulturologik aspektda o‘rganishda, til–madaniyat munosabatlarini tahlil qilishda, shuningdek, frazeologik birliklar semantikasini kognitiv yondashuv asosida sharhlashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


27.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
NAMANGAN VILOYATI IQTISODIYOTIDA XIZMATLAR SOHASINING TUTGAN O’RNI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI

Mazkur maqolada Namangan viloyatining xizmat koʼrsatish sohasining iqtisodiy faoliyat turlari bilan aloqadorligi hamda ushbu sohaning faoliyat turlari boʼyicha natijalari hududlar kesimida tahlil qilingan.


27.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
MAMLAKATIMIZDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA UNGA QARSHI KURASHDA QO’LLANILGAN CHORALAR

Ushbu maqolada korrupsiyaning salbiy illatlari, uning vujudga kelish asoslari, jamiyat tanazzulida tutgan o’rni, korrupsiyaga qarshi kurashishda chet el davlati tajribalaridan foydalanish, korrupsiyaning oldini olishda ko’rilayotgan chora-tadbirlar xususida shuningdek, sud tizimi mustaqilligi va qonuniyligini mustahkamlashda ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda korrupsiyani oldini olishda mol-mulk deklaratsiyasining o’rni va roli to’g’risida so’z yuritilgan.


27.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
SAB'AI SAYYOR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARNI O'RGATISH METODIKASI: NAZARIY-AMALIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqola Alisher Navoiyning "Sab'ai Sayyor" dostonidagi hikoyatlarni taʼlim jarayonida oʻrgatishning nazariy-metodik asoslariga bagʻishlangan. Ikkinchi bobda dostonni oʻrganishda duch kelinadigan asosiy metodik muammolar tahlil qilinib, hikoyatlarning badiiy-gʻoyaviy xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan usullar, shakllar va vositalar taklif etiladi. Maqolada oʻqituvchi suhbati, muammoli-dialog, izlanish, ijodiy topshiriqlar, klaster, Venn diagrammasi kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha aniq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, dostonni oʻrganishda didaktik materiallardan, ayniqsa, matnni tahlil qilish, obrazlarni ochish va gʻoyaviy yoʻnalishni aniqlashga oid mashqlar hamda illyustratsiyalar, audio-video materiallardan foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.


27.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor