Данная работа посвящена анализу произведения «Пётр и Феврония», в котором освещаются темы любви, верности и нравственных ценностей. Через образы главных героев раскрываются истинная любовь и мудрость. Также рассматривается место произведения в религиозной и народной литературе.
Mazkur maqolada jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Huquqiy ong fuqarolarning qonunlarga bo’lgan munosabati, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi bilimlari va huquqiy xulq-atvorining shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Huquqiy madaniyat esa insonlarning huquqiy tushunchalari, qonunlarga hurmat ruhidagi tarbiyasi, davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ifodalaydi. Maqolada jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirish vositalari, davlat siyosati, ta’lim tizimi, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining roli tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar kontekstida mazkur jarayonning rivojlanish istiqbollari yoritiladi.
Mazkur maqolada offshor kompaniyalarining xalqaro xususiy huquq doirasidagi huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni (lex societatis) aniqlovchi ikkita asosiy yondashuv — inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasining (real seat theory) nazariy hamda amaliy tafovutlariga qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, keys-tahlil va doktrinal yondashuvlar orqali offshor yurisdiktsiyalarning huquqiy xususiyatlari, xalqaro sud amaliyoti va O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartiblar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston transport tarmoqlari bilan bog‘liq holda motel va kichik mehmonxonalarning yangi dizayn tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida transport infratuzilmasi, ekologik innovatsiyalar va milliy arxitektura elementlari asosida yangi loyihalarning istiqbollari o‘rganildi.
Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyatini sharhlab, uni tarixiy ong, fuqarolik pozitsiyasi va madaniy merosga munosabat orqali shakllantirish usullarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, dars jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalanish, tarixiy voqealarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirish va zamonaviy o‘quv materiallaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.