Освоение методики преподавания русского языка как иностранного становится важным условием и неотъемлемой частью подготовки студентов высших педагогических учреждений Узбекистана к будущей профессиональной деятельности. Цель статьи - подробно описать лингвистические и речевые аспекты обучения устному и письменному общению на русском языке как иностранном, как новом языке.
Mazkur maqolada offshor kompaniyalarining xalqaro xususiy huquq doirasidagi huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni (lex societatis) aniqlovchi ikkita asosiy yondashuv — inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasining (real seat theory) nazariy hamda amaliy tafovutlariga qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, keys-tahlil va doktrinal yondashuvlar orqali offshor yurisdiktsiyalarning huquqiy xususiyatlari, xalqaro sud amaliyoti va O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartiblar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarining erkaklar va ayollar o‘rtasida uchrash chastotasi, klinik ko‘rinishlari, tashxis va davolashga bo‘lgan yondashuvlardagi farqlar tahlil qilinadi. Jinsiy farqlarning yurak kasalliklari patogenezi, simptomatika va natijaviy prognozga qanday ta’sir ko‘rsatishi tibbiy-amaliy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Tadqiqotlar ayollarda yurak kasalliklarining kechish xususiyatlari ko‘pincha kech tashxislanishiga olib kelishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maqolada klinik amaliyotda jinsga asoslangan individual yondashuv zarurati asoslab berilgan.
Ushbu maqolada fizika yo‘nalishidagi universitet talabalari uchun yarimo‘tkazgichli lazerlarni o‘qitishda axborot texnologiyalari va virtual laboratoriyalardan foydalanish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Amaldagi ta’lim jarayonida mazkur texnologiyalarning yetarli darajada qo‘llanilmayotgani muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Lazer hodisasining murakkab fizik tabiati va uni an’anaviy metodlar bilan tushuntirishdagi qiyinchiliklar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan interaktiv dasturlar, 3D modellashtirish, virtual laboratoriyalar va multimedia vositalarining talabalarda mavzuni tushunishga bo’lgan ta’siri o’rganilgan.
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda menejment tizimining samarali faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ta’lim jarayonida strategik rejalashtirish, innovatsion yondashuv, raqamli boshqaruv, monitoring va baholash tizimlarini rivojlantirish orqali menejmentni zamonaviylashtirish zarurati ortib bormoqda. Maqolada samarali boshqaruv modelini shakllantirish, kadrlar salohiyatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ta’lim muassasasining ichki muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar tahlil qilinib, ularni milliy tizimga moslashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.