Ушбу мақолада Ўзбекистон ва Сингапур ўртасидаги дипломатик, иқтисодий алоқаларининг асосий йўналишлари — савдо, инвестициялар ҳамда иқтисодий соҳасидаги ҳуқуқий - тузилма жиҳатлари ва кейинги истиқболлари, таълим соҳасидаги ҳамкорлик, жумладан, олий ва умумтаълим, ходимлар алмашуви ҳамда малака ошириш йўналишлари, таълимни модернизация қилиш стратегияси, Сингапур таълим модели ва институционал тажрибасини ўраганиш борасида йўлга қўйилган кенг кўламли ҳамкорлик алоқалари, маданий ва гуманитар ҳамкорлик ва биргаликда маданий форумлар, меморандумлар алмашинуви, илмий - тадқиқот ва инновация соҳалардаги ҳамкорлик масалалари илмий -аналитик нуқтаи назардан ўрганилган.
Ushbu maqolada psixologik kasalliklar, ularning shakllari, kelib chiqish sabablari, ijtimoiy oqibatlari va profilaktik yondashuvlar haqida ilmiy-nazariy tahlil berilgan. Ruhiy salomatlik inson hayot sifati va ijtimoiy barqarorlikning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba, JSST ma’lumotlari, O‘zbekistonda psixik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham yoritilgan.
Ushbu maqolada psixologiya fanida yangi yoʻnalishlarning yuzaga kelish sabablari, ularning shakllanish bosqichlari, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bogʻliqligi va psixologik amaliyotga ta’siri tahlil qilinadi. Yangi yoʻnalishlarning yuzaga kelishi inson ruhiy olamini chuqurroq anglash, ijtimoiy va madaniy muhitdagi oʻzgarishlarga javob berish zaruratidan kelib chiqqan. Maqolada kognitiv psixologiya, neyropsixologiya, pozitiv psixologiya, transpersonal psixologiya kabi yoʻnalishlar misolida bu jarayon yoritiladi.