Mazkur maqolada Polvonniyoz Hoji Yusupovning tarixiy shaxs sifatidagi faoliyati, siyosiy qarashlari, jadidchilik g‘oyalarining mintaqada yuksalishiga, milliy davlat qurilishi jarayonlaridagi harakatlari berib o‘tilgan. Maqolada Polvonniyoz Hoji Yusupovning XXSR dagi siyosiy faoliyati, qatag‘on yillari va tarixiy merosi tahliliy tarzda yoritiladi.
В статье рассматриваются теоретические и практические аспекты привлечения престижных иностранных брендов в национальную экономику как одного из факторов расширения экспортного потенциала страны. Анализируется влияние транснациональных компаний на развитие экспортной инфраструктуры, модернизацию производственных стандартов и повышение имиджа продукции на международных рынках. Обоснована необходимость создания благоприятного инвестиционного климата для иностранных брендов и выработаны предложения по усилению экспортной ориентации экономики.
Ushbu maqolada axborot tizimlarini integratsiyalashning zamonaviy yechimlari tahlil qilinadi. Integratsiya jarayoni, tashkilotlar va davlat boshqaruvi tizimlari o’rtasida samarali axborot almashinuvi va ma’lumotlarni birlashtirish orqali umumiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Maqola axborot tizimlarini integratsiyalashda qo’llaniladigan ilg‘or texnologiyalar, masalan, API’lar, ESB, bulutli hisoblash, IoT va Big Data texnologiyalari haqida so’z yuritadi. Shuningdek, integratsiyaning raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalarni joriy etishdagi ahamiyati ko’rib chiqilgan. Maqola axborot tizimlarini integratsiyalashning afzalliklari va uning turli sohalarda, jumladan, biznes, sog‘liqni saqlash, ta’lim va davlat boshqaruvida qanday qo’llanilayotgani haqida misollar keltiradi.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yosh gandbolchi darvozabonlarni tayyorlashning hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun innovatsion yechimlarni taklif etadi. Tadqiqotda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilib, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliyotlar, xususan, OKMK jamoasi misolida zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Maqolada yosh darvozabonlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.
Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida didaktik texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda didaktik texnologiyalarni tanlash va ularni samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.