Mazkur maqolada Islom dinida axloqiy tarbiya va qadriyatlar falsafasining shakllanishi, uning asosiy manbalari va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qur’on va Hadis asosida shakllangan axloqiy qadriyatlar, ilm-ma’rifat, oilaviy tarbiya va ijtimoiy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Islom ta’limotining axloqiy tamoyillari insonlar o‘rtasida hurmat, adolat va mehr-oqibatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish, ularni tahlil qilish va samarali auditini tashkil etish bo‘yicha mavjud holat chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining yildan-yilga oshib borayotgani, raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintex), onlayn to‘lov tizimlari va elektron bank xizmatlarining kengayishi fonida banklar uchun ushbu operatsiyalarni aniqlik, tezlik va xavfsizlik talablariga muvofiq boshqarish dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada banklar tomonidan SWIFT tizimi, ISO 20022 xabar almashinuvi standarti, blokcheyn texnologiyalari va avtomatlashtirilgan komplayens nazorati kabi ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining hisob va audit jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy ish bank-moliya sohasidagi mutaxassislar, buxgalterlar, auditorlar va regulyatorlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy shaffoflikni oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yosh gandbolchi darvozabonlarni tayyorlashning hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun innovatsion yechimlarni taklif etadi. Tadqiqotda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilib, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliyotlar, xususan, OKMK jamoasi misolida zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Maqolada yosh darvozabonlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.
Ushbu maqolada telekommunikatsiya tarmoqlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashda monitoring va nazorat tizimlarining tutgan o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Telekommunikatsiya tarmog‘i komponentlarining holatini real vaqt rejimida kuzatish, nosozliklarni tezda aniqlash va bartaraf etish, trafikni boshqarish hamda xavfsizlik tahdidlarini oldindan aniqlash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy vositalar turlari o‘rganiladi. Maqolada ochiq kodli (open source) va tijorat (commercial) monitoring vositalari solishtirilib, ularning funksional imkoniyatlari, afzalliklari va cheklovlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, Software-Defined Networking (SDN) texnologiyasining monitoring jarayonlariga ta’siri, sun’iy intellekt asosidagi tahlil va avtomatik javob berish mexanizmlari, hamda real amaliyotdagi ilg‘or tajribalar haqida ham fikr yuritiladi. Maqola yakunida monitoring tizimini tanlash mezonlari va uni samarali joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.