International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



O‘QUVCHILARNING MA’NAVIY DUNYOQARASHINI KENGAYTIRISHDA ART-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Zamonaviy ta’lim tizimida nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning ma’naviy, estetik va ijodiy salohiyatini rivojlantirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Art-pedagogika o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari, tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantirish orqali ularning shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tasviriy san’at, musiqa, drama, ijodiy yozuv kabi san’at turlarining pedagogik jarayondagi o‘rni haqida ham fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, art-pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi aniqlangan.


14.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
MODERN APPROACHES TO TEACHING ENGLISH VOCABULARY

This article examines modern approaches to teaching English vocabulary, emphasizing their role in enhancing students’ communicative competence and language proficiency. The paper highlights interactive techniques, contextualized learning, and the integration of digital tools. It argues that modern methodologies improve vocabulary retention and facilitate practical language use among learners.


14.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
ISLOMIY MOLIYA TIZIMI VA AN’ANAVIY BANKLAR FAOLIYATI: FARQLAR VA AFZALLIKLAR TAHLILI

Ushbu tezis islomiy moliya tizimi va an’anaviy banklar faoliyatini solishtirish va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tezisning asosiy maqsadi – ikki turdagi moliya tizimining o‘zaro farqlari, o‘xshashliklari, afzalliklari va iqtisodiyotdagi roli bo‘yicha mukammal tushuncha hosil qilishdir. Ishda an’anaviy banklarning foiz asosida ishlovchi moliyaviy mexanizmlari, risklarni boshqarish tizimi, kapital jalb qilish usullari va xalqaro moliya bozoriga integratsiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, islomiy moliya tizimi va islomiy banklar faoliyati – Shariat qonunlariga muvofiqlik, foyda va zarar ulushi, barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, investitsiyalarning halal bo‘lmagan sohalarga yo‘naltirilishi kabi jihatlar bilan o‘rganiladi. Tezis tahliliy va solishtirma metodlar asosida tayyorlangan bo‘lib, an’anaviy va islomiy moliya tizimlarining afzallik va cheklovlari, ularning milliy va global iqtisodiyotdagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, islomiy banklar adolatli va barqaror moliyaviy muhit yaratishda samarali bo‘lsa, an’anaviy banklar tezkor kapital jalb qilish va keng moliyaviy xizmatlar taqdim etish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, ikki tizimning uyg‘unlashuvi milliy moliya bozorini yanada rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni oshirishga yordam beradi.


14.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
BANKLARDA SUN’IY INTELLEKTNI JORIY QILISHNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Mazkur maqolada bank tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish jarayonlari hamda ularning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy moliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitda sun’iy intellekt bank xizmatlari sifatini oshirish, risklarni boshqarish samaradorligini kuchaytirish hamda operatsion xarajatlarni qisqartirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda kredit skoringi, firibgarlikni aniqlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, risklarni monitoring qilish va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishning bank faoliyati rentabelligiga, operatsion samaradorligiga hamda mijozlar qoniqish darajasiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish banklarning operatsion xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, kredit risklarini aniqroq baholash imkonini beradi hamda xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi.


14.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
FRANSUZ TILI DARSLARIDA INNOVATSION TA’LIM USULLARI

Ushbu maqolada fransuz tili darslarida innovatsion ta’lim usullaridan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish masalalari yoritiladi. Fransuz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan loyiha metodi, klaster, aqliy hujum, rolli o‘yin kabi usullar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.


14.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor