This article analyzes the increasingly urgent importance of the broad involvement of civil society institutions in developing policies for the socio-economic development of regions, and the important role of the effective use of the social partnership mechanism in this.
Mazkur maqolada vatanparvarlik tushunchasining tarixiy, diniy va ma’naviy ildizlari, uning yosh avlod ongida shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Islom dinida vatanga muhabbat iymonning bir qismi sifatida talqin etiladi. Maqolada, shuningdek, vatanparvarlikning zamonaviy shakllari, yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati, davlat siyosatida vatanparvarlik g‘oyasining aks etishi haqida fikr yuritiladi. Amaliy hayotdan misollar va yurtimizdagi tarbiyaviy dasturlar asosida tahlil berilgan.
Ushbu maqolada ikki muhim monoteistik din – Yaxudiylik va Islom – ning diniy, tarixiy va falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqola dinshunoslik nuqtai nazaridan ularning kelib chiqishi, asosiy aqidalari, muqaddas matnlari va tarixiy rivojlanishi hamda o‘zaro o‘xshashlik va farqlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu dinlarning insoniyat tamadduniga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy dunyodagi o‘rni ham yoritiladi.
Mazkur maqolada hadislarda bayon etilgan ta’lim va tarbiya masalalari tahlil qilinadi. Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning hadislari asosida ilm olish, axloqiy tarbiya, oilaviy mas’uliyat, ustoz-shogird munosabatlari hamda ijtimoiy muomala madaniyati kabi mavzular yoritilgan. Hadislar orqali insonning ma’naviy barkamollikka erishishidagi yo‘llar ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim-tarbiyaga hadislarning qanday tadbiq etilishi mumkinligi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola islomiy tarbiyaning universal qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqolada dinshunoslik va falsafa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Dinshunoslikning diniy e’tiqod, marosim va matnlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishi, falsafaning esa aql-idrok va mantiq orqali haqiqatni izohlashga intilishi ochib berilgan. Falsafa va dinshunoslikning umumiy va farqli jihatlari tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Ayniqsa, musulmon mutafakkirlar — Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Rushd qarashlari orqali bu ikki fan o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Maqolada zamonaviy davrda dinshunoslik va falsafa integratsiyasi, ularning insoniyat tafakkuridagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.