Ushbu maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda insult rivojlanishi xavfi, patofisiologik mexanizmlari, va profilaktika choralarini o'z ichiga olgan adabiyotlar tahlili keltirilgan. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, qandli diabet insult xavfini 2-4 barobar oshiradi, Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O'zbekistonda ham bu muammo dolzarbdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qandli diabet va insult kasalliklari soni rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ko'proq bo'lib, bu holat aholining samarali profilaktika choralaridan xabardorligining pastligi bilan bog'liq.
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning reflektiv faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, refleksiya, umume’tirof qilingan pedagogik-psixologik hodisa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik pozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan.
Maqolada kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslarni boshqarish tizimini ishlab chiqish zarurati chuqur tahlil etiladi. Kichik biznes iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati innovatsion yondashuvlar, bandlik darajasini oshirish va bozor raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, bu subyektlar ko‘pincha moliyaviy resurslarning cheklangani, moliyaviy menejmentdagi tajriba yetishmasligi, kapital oqimini rejalashtirishdagi xatoliklar va tashqi moliyaviy manbalarga yetarlicha kirish imkoniyati yo‘qligi kabi muammolarga duch kelishadi. Ushbu maqolada kichik biznesda mavjud moliyaviy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bunday korxonalar uchun mos moliyaviy boshqaruv mexanizmlarining zarurligi tahlil qilinadi. Jumladan, moliyaviy oqimlarni nazorat qilish, xarajatlar va investitsion qarorlarni muvozanatlashtirish, risklarni kamaytirish va likvidlikni boshqarish vositalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarning (ERP tizimlari, bulutli hisob-kitob platformalari, real vaqtli tahlil vositalari) kichik biznes moliyaviy boshqaruvida qanday rol o‘ynashi amaliy misollar asosida ko‘rsatib beriladi.
Ushbu maqolada bank-moliya tizimida iqtidorli xodimlarni saqlab qolishda motivatsiyaning iqtisodiy va tashkiliy roli ilmiy tahlil qilinadi. Global raqobat muhiti va raqamli transformatsiya sharoitida banklar uchun inson kapitalini yo‘qotmaslik strategik ustuvorlikka aylanmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklari misolida xodimlar oqimi, motivatsion vositalarning samaradorligi, ish haqi, malaka oshirish, rag‘batlantirish va karera o‘sish imkoniyatlari bo‘yicha empirik ma’lumotlar tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, motivatsiya omillarining tizimli va innovatsion boshqaruvi xodimlarning sodiqligi, ishlab chiqarish samaradorligi va kredit portfeli o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida iqtidorli kadrlarga yo‘naltirilgan kompleks motivatsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar uchun amaliy tavsiyalar sifatida foydali bo‘lishi mumkin.