Ushbu maqolada iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini rivojlantirish real sektor hamda moliyaviy sektorning o‘zaro uyg‘un tarzda rivojlantirishni taqozo etishi. Bunda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi fond bozori bilan bevosita bog‘liqligi yoritilgan hamda O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlar fond bozorining zamonaviy holati tahlili amalga oshirilgan bo‘lib, milliy iqtisodiyotda fond bozori amal qilishi uchun davlat tomonidan yetarli darajada me’yoriy-huquqiy, institutsional, tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligi hamda fond bozorini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha bir qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan bo‘lib, mazkur mavzu yuzasidan xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-mulohazalari keltirilgan.
Ushbu maqоlada Markaziy Osiyoda saylangan birinchi Prezident ayol Roza Atunboyeva siyosiy faoliyati va Prezidentlik davri, hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari mazkur maqolada 2010-yil O‘sh voqealari tо‘g‘risidagi ma’lumоtlar berilgan.
Ushbu maqolada iqtidorli yoshlarni aniqlash, bolaning o’ziga xos faoliyati, individual iste’dodni shakllantirish, iqtidor turlari, maxsus iste'dod, qobiliyat, potentsial iqtidor, aniq iqtidor, yashirin iste'dod, tarbiya, intellektual imkoniyatlar, iqtidorli o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish bayon etilgan.
Ushbu maqolada hozirgi zamon ta'lim tizimining sifatini yaxshilashga to'sqinlik qiluvchi qiyinchiliklar, ularni hal qilish yo'llari va kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari muhokama qilinadi. Maqolada o'quv dasturlarini takomillashtirish, o'quv jarayonini zamonaviylashtirish, ilmiy tadqiqotlarni zamon talablariga moslashtirish, xorijiy tajribalarni o'rganish, o'quvchilarning kasbiy ko'nikmalarini va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish kabi masalalarga e'tibor qaratiladi.