In this article today, the focus is on the student, his personality and unique inner world. Therefore, the main goal of a modern teacher is to choose methods and forms of organizing students whose educational activities are optimally compatible with the goal of personality development. In recent years, the issue of using new information technologies in schools has been increasingly raised.
Ushbu maqolada atov gaplarning ma’nosi, shakllanishi va maktab darsliklarida ularning qo‘llanilish usullari o‘rganildi. Atov gaplar nutqni yanada jonlantirish, ta’sirchanlikni oshirish va mavzuni aniq ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqotda atov gaplarning turli turlari tahlil qilinib, ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatish metodikalari ko‘rib chiqildi. Mashqlar yordamida atov gaplarni to‘g‘ri qo‘llash usullari va darsliklardagi misollar tahlil qilindi. Natijalar atov gaplarni o‘rgatish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.
Mazkur ishda Temuriylar davrida tibbiyot sohasining taraqqiyoti, ilmiy an’analari va mashhur tabiblar faoliyati yoritilgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining davomchilari, Husayn Boyqaro davridagi ilmiy muhit, shuningdek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning tibbiyotga bo‘lgan e’tibori tahlil qilingan. Temuriylar davrida dorixonalar, shifoxonalar va ilmiy markazlar faoliyati, o‘sha davrdagi kasalliklarni davolash usullari hamda tibbiy adabiyotlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ish tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tibbiyot fanining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan. Unda iboraning ta'rifi, turlari, nutqdagi vazifasi hamda ularni dars jarayonida tushunarli tarzda oʻqitish yoʻllari haqida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasini inobatga olgan holda interfaol metodlar mashq va topshiriqlardan foydalanish, iboralarni kontekstda anglashni oʻrgatish, nutqiy kompetensiyani rivojlantirish boʻyicha takliflar keltirilgan. Qoʻllanma ona tili oʻqituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlib, iboralarni oʻzlashtirish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻzlashma soʻzlarning lugʻatlarga kiritilishi uchun zarur boʻlgan mezonlar va ular bilan bogʻliq muammolar yoritiladi, yangi oʻzlashmalarni tilimizga moslashtirishda taklif va tavsiyalar ham beriladi.