Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy holati atroflicha tahlil etilgan. Xususan, demografik bosimning ortib borishi, mehnat bozorining norasmiy segmenti kengligi, bandlikning yetarli darajada rasmiylashtirilmaganligi kabi omillar ushbu tizimning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani asoslangan. Shu bilan birga, pensiya jamg‘armalarining investitsiyaviy faolligini oshirish, kapital bozorlariga integratsiyalashuvi va shaffof monitoring tizimlarini joriy etish orqali pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pensiya islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uch asosiy yo‘nalishda harakat qilish lozim: moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish. Mazkur maqola natijalari ijtimoiy siyosat yurituvchi davlat organlari, iqtisodiy islohotlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar hamda pensiya fondlari uchun nazariy-metodik va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Epiteliy to‘qimalari inson organizmidagi eng muhim to‘qimalardan biri bo‘lib, ularning turli xil shakl va funksiyalari tana tuzilishi va faoliyatini boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada epiteliy to‘qimalarining turlari, tuzilishi, joylashuvi va funksional farqlari batafsil tahlil qilinadi. Epiteliy to‘qimalarining har bir turi o‘ziga xos vazifalarni bajarib, kasalliklar paytida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni tushunishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, epiteliy to‘qimalarining klinik ahamiyati va regeneratsiya salohiyati haqida ham so‘z boradi.
Maqolada ijtimoiy shartnoma tushunchasining nazariy asoslari, uning tarixiy shakllanishi va zamonaviy davlat boshqaruvidagi o`rni yoritilgan. O`zbekiston Respublikasida ijtimiy shartnoma tamoyillarini hayotga tadbiq etish yo`llari, mavjud islohatlar, normativ-huquqiy asoslar va fuqorolik jamiyatiga rivojlanishiga ta`siri tahlil qilingan.
1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi gul nomlari va ularni ifoda etuvchi so‘zlarning semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Leksik-semantik tahlil asosida gul nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari, obrazlilik darajasi hamda ularning metaforik va poetik ma’noda qo‘llanish holatlari yoritiladi. Mumtoz adabiyotda, ayniqsa Alisher Navoiy she’riyatida, gul obrazining poetik, ramziy va semantik jihatdan teran qo‘llanishi kuzatiladi. Shu sababli gul nomlarini faqat botanik terminlar sifatida emas, balki semantik struktura, poetik timsol, va lingvokulturologik birlik sifatida tadqiq qilish muhimdir. Shuningdek, turli adabiy manbalarda gul nomlarining sinonim, antonim, metafora va metonimiya kabi usullar bilan qanday ifodalangani tahlil qilinadi.