International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



QADIMGI PESHKU TARIXI VA UNING TURISTIK IMKONIYATLAR

Ushbu maqolada Buxoro vohasing ajralmas qismi bo’lgan Peshku tumaning qadimiy ildizlari, uning shakllanish va taraqqiyot bosqichlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan ABU BAKR NARSHAXIYning ‘’Buxoro tarixi’’ asarida tilga olingan ‘’Zandanacha ‘’ matolarning shonli o’tmishi va buyuk mutaffakir Ibn Sino tug’ilgan Afshona qishlog’ining madaniy merosi yoritilgan. Shuningdek, maqolada hududning bugungi kundagi turustik imkoniyatlari va salohiyati haqida qisqacha aytib o’tilgan.


06.06.2026 Volume 5 Issue 6 View more Download
TUYA TOVON (ALHAGI SPP.) O'SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: NCBI MA'LUMOTLARI ASOSIDAGI TIZIMLI SHARH

Ushbu sharh maqolada burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub boʻlgan dorivor tuya tovon (Alhagi spp.) turkumining fitokimyoviy tarkibi va zamonaviy farmakologiyadagi istiqbollari NCBI, PubMed. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Alhagi spp. tarkibida flavonoidlar (kversetin,kemferol, rutin), fenol kislotalari, alkaloidlar, polisakaridlar, sterollar va efir moylari kabi biologik faol moddalarning boy kompleksi mavjud. Mazkur birikmalar oʻsimlikning antioksidant, yalligʻlanishga qarshi, antimikrob, siydik haydovchi, gepatoprotektorlik hamda oʻsmalarga qarshi xususiyatlarini belgilaydi. Maqolada oʻsimlik ekstraktlarining biotexnologik potensiali, xususan, in vitro toʻqima kulturalari yordamida ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish va farmatsevtika sanoatida yangi fitopreparatlar yaratishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan batafsil asoslab berilgan.


06.06.2026 Volume 5 Issue 6 View more Download
МУЗЕЙ-ХАЛҚ ХОТИРАСИНИНГ КЎЗГУСИ

Ушбу мақолада музейлар фаолияти, музей туризмини ташкил этилиши, Музейшунослик соҳаси ривожланиш, Президент Шавкат Мирзиёев 27 май куни «Музейларда хизматлар соҳасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори, Археология объектларини музейлаштириш, 2022-2026 йилларга мўлжалланган мақсадли кўрсаткичлар келтирилган. 2022-2024 йилларда давлат музейларида ихтисослаштирилган реставрация лабораторияларини ташкил қилишнинг манзилли режаси келтирилган бўлиб, ҳар бир музейда унинг профессионал хусусиятлари ҳақида сўз юритилади.


06.06.2026 Volume 5 Issue 6 View more Download
ZAMONAVIY O‘QITUVCHILARDA LIDERLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada global ta’lim makonida kechayotgan transformatsiya jarayonlari kontekstida zamonaviy o’qituvchilarning liderlik (yetakchilik) sifatlarini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari, qonuniyatlari va metodologik shart-sharoitlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida bo’lajak va faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlarning tashkilotchilik qobiliyati, strategik fikrlashi, korporativ boshqaruv madaniyati hamda emotsional intellektini (EQ) rivojlantirishda interaktiv treninglar, keys-stadi (Case-study) va "Flipped classroom" (Teskari dars) texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari o’rganilgan. Termiz shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi bazasida o’tkazilgan pedagogik eksperiment natijalari matematik-statistik metodlar yordamida tahlil qilinib, mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berilgan.


06.06.2026 Volume 5 Issue 6 View more Download
XORAZM VILOYATI SHAROITIDA MOSH O‘SIMLIGIDA SIMBIOZ BAKTERIYALARNI O‘RGANISH

Mazkur maqolada Xorazm viloyati sharoitida mosh o‘simligida simbioz bakteriyalarning rivojlanishi, ildiz tuganaklari hosil bo‘lishi va hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari Rhizobium asosidagi biologik preparatlar qo‘llanilganda tuganaklar soni va massasi ortishi, biologik azot fiksatsiyasi faollashishi hamda o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishini ko‘rsatdi. Shuningdek, biologik preparatlar qo‘llangan variantlarda don hosildorligi va tuproq unumdorligi nazoratga nisbatan yuqori bo‘lgani aniqlandi.


06.06.2026 Volume 5 Issue 6 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor