Ushbu maqolada kichik yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasini shakllantirishda o‘yinli pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularning pedagogik jarayondagi funksiyasi va nufuzli pedagoglar tomonidan bildirilgan ilmiy-nazariy qarashlar asosida tahlil etilgan. Kichik yoshdagi bolalarni ijtimoiylashuviga qaratilgan turli qarashlar, metodlar ilmiy tadqiqotlarni nazariy hamda metodologik jihatdan ochib berilgan.
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik mahoratini oshirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, start texnikasi, bosqichma-bosqich tezlanish, harakat mexanikasi va plyometrik tayyorgarlik usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif tomonidan haftalik mashg‘ulot rejasi asosida sportchilarning texnik rivojlanish ko‘rsatkichlari jadvalda bayon etiladi.
Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin vakillaridan biri boʻlgan Nodir Jonuzoq ijodida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Badiiy tasvir vositalaridan metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet, jonlantirish, takror va mubolagʻa kabi badiiy tasvir vositalarining qoʻllanilishi misollar bilan tahlil qilinadi. Shoirning til va uslubdagi individual mahorati, uning sheʼrlaridagi lisoniy xususiyatlar, shuningdek, badiiy obrazlarning lingvopoetik jihatlari oʻrganiladi.
Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.