Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan. Unda iboraning ta'rifi, turlari, nutqdagi vazifasi hamda ularni dars jarayonida tushunarli tarzda oʻqitish yoʻllari haqida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasini inobatga olgan holda interfaol metodlar mashq va topshiriqlardan foydalanish, iboralarni kontekstda anglashni oʻrgatish, nutqiy kompetensiyani rivojlantirish boʻyicha takliflar keltirilgan. Qoʻllanma ona tili oʻqituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlib, iboralarni oʻzlashtirish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur ishda Temuriylar davrida tibbiyot sohasining taraqqiyoti, ilmiy an’analari va mashhur tabiblar faoliyati yoritilgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining davomchilari, Husayn Boyqaro davridagi ilmiy muhit, shuningdek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning tibbiyotga bo‘lgan e’tibori tahlil qilingan. Temuriylar davrida dorixonalar, shifoxonalar va ilmiy markazlar faoliyati, o‘sha davrdagi kasalliklarni davolash usullari hamda tibbiy adabiyotlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ish tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tibbiyot fanining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
Ushbu ishda ortiqcha vazn va semizlikning inson salomatligiga salbiy ta'siri, shuningdek, u bilan bogʻliq bo‘lgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet (2-tur), gipertoniya, jigar yogʻlanishi, bo‘g‘imlar og‘rishi kabi kasalliklarning rivojlanishida ortiqcha vaznning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ortiqcha vaznga olib keluvchi omillar – noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, genetik moyillik va psixologik holat haqida ham so‘z yuritilgan. Ishda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llari, jumladan, sog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish tartibini o‘zgartirish, jismoniy mashqlar va profilaktika choralarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot keng jamoatchilik, tibbiyot mutaxassislari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi shaxslar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Mazkur maqolada shaharlarda yuzaga kelayotgan mikroiqlim o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq ekologik muammolar muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor muhandislik asosidagi yechimlarga — yashil tomlar, aqlli ventilyatsiya tizimlari, aerodinamik loyihalash, suvni qayta aylantirish tizimlari kabi yondashuvlarga qaratilgan. Shahar iqlimini nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llari tahlil qilinadi.