Mazkur maqolada detektiv va hajviy hikoyalar janrining badiiy xususiyatlari, ularning adabiyotdagi o‘rni hamda o‘quvchiga ta’sir etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Detektiv hikoyalarda syujetning murakkabligi, sir va jumboqlarga boyligi, voqealarning izchil rivoji asosiy omil sifatida ko‘rilsa, hajviy hikoyalarda kulgi vositasida ijtimoiy muammolarni ochib berish, inson xarakteridagi kamchiliklarni tanqid qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada Tebinbuloq koni negizida tashkil etilayotgan kon-metallurgiya kompleksida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuv orqali metallurgiya majmuasining resurslardan optimal foydalanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, energiya va xomashyo xarajatlarining kamayishi, shuningdek, mahsulot sifatining oshirilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasida nazarda tutilgan transport vositasini olib qochish jinoyatining tarkibiy elementlari, uni mulkiy jinoyatlardan (o‘g‘rilik, talonchilik) farqlash mezonlari va xalqaro huquqiy normalar bilan muvofiqligi tahlil qilingan. Maqolada xorijiy olimlarning fikrlari va zamonaviy kriminologik tendensiyalar o‘rganilib, sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Mazkur maqolada o’z adabiy o’rniga ega ijodkor Odil Yoqubovning qalamiga mansub “Muzqaymoq” hikoyasini tahlilga olamiz. Ushbu hikoyada muallifning bolalik yillaridagi xotiralari orqali o’tmishning og’ir turmush tarzini ifodalab bergan. Hikoyada 10 yashar bola nigohida o’sha davr siyosiy axvoli yoritilgan.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarida hisoblash samaradorligini oshirishda GPU va NPU arxitekturalarining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy AI modellarining murakkablashuvi, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashi va real vaqt rejimida qaror qabul qilish zarurati kompyuter arxitekturasiga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. An’anaviy CPU arxitekturasi umumiy maqsadli hisoblashlar uchun qulay bo‘lsa-da, chuqur o‘rganish modellarida uchraydigan massiv matritsali va tensor amallarni yuqori samaradorlikda bajarishda cheklovlarga ega. Shu sababli GPU arxitekturasi katta hajmli parallel hisoblashlar, modelni o‘qitish va generativ AI tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. NPU arxitekturasi esa kam quvvat sarfi, past kechikish va qurilma ichida real vaqtli inferensiya bajarish imkoniyati bilan edge AI tizimlarida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada GPU va NPU arxitekturalarining afzalliklari, cheklovlari, xotira devori muammosi, energiya samaradorligi, kvantlash va gibrid GPU–NPU yondashuvining istiqbollari yoritiladi.