Ushbu maqolada nikohning tugatilish sabablari haqida batafsil yoritilgan. Nikoh oila vujudga kelishining asosiy huquqiy shakli bo’lib, unda er va ayolning o’ziga xos huquq hamda majburiyatlari mavjud. O’zbekiston qonunchiligiga nazar tashaydigan bo’lsak, nikoh va oila munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqaroliq kodeksi hamda ushbu munosabatlarga oid qabul qilingan bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mazkur maqolada ana shu normativ-huquqiy hujjatlar asosida nikohning bekor bo’lishiga olib keluvchi omillar huquqiy jihatdan tahlil qilingan.
Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ushbu yo’nalishga qartilayotgan e’tibor tahlil qilinadi. Shu bilan birga, iste’molchilarning asosiy huquqlari va majburiyatlari huquqiy asoslar doirasida ko’rib chiqiladi.