Mazkur maqolada O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro fond bozorlaridagi ishtiroki, ushbu jarayonning milliy iqtisodiyot rivojiga ta’siri hamda xorijiy kapital bozorlariga chiqishning institutsional va moliyaviy mexanizmlari kompleks ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston korxonalarining aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO), xalqaro obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlar orqali global kapital bozorlariga integratsiyalashuvi jarayoni tizimli yondashuv asosida o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro fond bozorlarida ishtirok etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy, institutsional va tashkiliy to‘siqlar, jumladan, korporativ boshqaruv sifati, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga mosligi, axborot shaffofligi hamda investorlar huquqlarini himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va rivojlangan kapital bozorlariga ega davlatlar amaliyoti asosida O‘zbekiston kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish va xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash yo‘llari yoritib beriladi.
Ўткир миелобластли лейкозларни иммунофенотипик текшириш орқали миелоид қатор ҳужайраларнинг аниқ синфи ва турини аниқлашда, FAB таснифи бўйича, аниқ бир тури орқали ташхислаш ва даволаш тактикаси белгиланади. Иммунофенотипик усул орқали текширишни иқтисодий самарадорлигини яъна бир моҳияти энг кўп учрайдиган М1, М2, М3, М4 типидаги миелолейкозларни аниқ иммуномаркерлар панели орқали текшириш ва ташхислаш мумкинлиги, поликимётерапияни белгилашда асос бўлади. Бу эса, морфологик, цитологик ва иммуногистокимёвий текширишлардан кўра анча арзон ва самарали текшириш усули эканлигини тасдиқлайди.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Maqolada ona tili ta’limi jarayonida kommunikativ yondashuvni qo‘llashning zarurati, uning nazariy asoslari hamda amaliy samaradorligi masalalari tajribali filolog-pedagog nuqtayi nazaridan yoritiladi. Unda ona tili darslarini faqat grammatik bilim berish bilan cheklab qo‘ymasdan, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni erkin fikr bildira oladigan, muloqotga kirisha oladigan shaxs sifatida shakllantirish masalasi asosiy e’tiborga olinadi. Kommunikativ yondashuvning dars jarayoniga tatbiq etilishi orqali o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishi ortishi, nutqiy faolligi kuchayishi va o‘z fikrini aniq hamda tushunarli ifodalash ko‘nikmalari shakllanishi ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada kimyoviy muvozanat tushunchasi, uning nazariy asoslari, mexanizmlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kimyoviy muvozanat – bu qaytar va qaytmas reaktsiyalar tezliklari teng bo‘lganda tizimda kuzatiladigan barqaror holatdir. Maqolada muvozanatning termodinamik, kinetik va fazaviy jihatlari, Le Shatelye printsipi va muvozanat konstantasi tushunchalari yoritilgan. Shuningdek, kimyoviy muvozanatning laboratoriya, sanoat va biokimyoviy tizimlarda qo‘llanilishi, sharoitlarning muvozanatga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kimyo fanini o‘rganayotgan talaba va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.