Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–9-sinf o‘quvchilarida tejamkorlik sifatlarini shakllantirish masalalari pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda tejamkorlik shaxsning muhim ijtimoiy-iqtisodiy sifati sifatida qaralib, uning ta’lim jarayonida rivojlanish imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy ishda tejamkorlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metod va vositalar aniqlanib, tajriba-sinov ishlari orqali ularning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Olingan natijalar o‘quvchilarda tejamkorlikka oid bilimlarni chuqurlashtirish, ongli munosabat va amaliy xulq-atvorni rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Maqolada ishlab chiqarish jarayonidan tayyor mahsulot hisobga o’tishda tannarxni to’g’ri shakillantirish, O‘zbekistonda hisob yuritishda ishlab chiqarish jaroyoni shakillanishi, ularning afzalliklari va kamchiliklari, milliy va jahon amaliyotida tayyor mahsulot hisobi, mavjud to‘siqlar va muammolar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.
Mazkur maqolada tabiatning hududiy farqlanish qonuniyatlari, xususan zonallik, azonallik va balandlik mintaqalari tushunchalari ilmiy asosda yoritilgan. Azonallikning mohiyati, shakllanish omillari hamda zonallik qonuni bilan o‘zaro bog‘liqligi izohlangan. Shuningdek, tog‘li hududlarga xos bo‘lgan balandlik mintaqalari va ularning bosqichma-bosqich almashinuvi tavsiflangan. Maqolada O‘rta Osiyo hududi misolida, jumladan Amudaryo va Sirdaryo vodiylari hamda Tyanshan va Pomir tog‘ tizimlari misolida ushbu qonuniyatlarning amaliy namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, azonallik va vertikal zonallikning xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilingan.
В статье рассматриваются творческие поиски композитора А. Ф. Козловского в области внедрения народной музыки в симфонический жанр. Особое внимание уделено особенностям оркестровки, благодаря которым композитор сумел сохранить национальный колорит и раскрыть художественные возможности народных мелодий.
Yalpi ichki mahsulotga ta’siri, mehnat resurslarining yo‘qolishi va oilaviy tizimlarga salbiy ta’siri tufayli jahon miqyosidagi dolzarb muammo hisoblanadi. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan BRM 3 (Sog‘lom turmush va farovonlik), BRM 4 (Sifatli ta’lim) va BRM 10 (Kamaygan tengsizlik) kasallikning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillarini hal qilish uchun yaxlit frameworkni taklif etadi.