Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tarix ta’limida tutgan o‘rni, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri, afzalliklari va qo‘llanilish turlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, onlayn platformalar va raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. XXI asrda insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan raqamli texnologiyalar deyarli barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, ijtimoiy fanlar qatorida muhim o‘rin tutadigan tarix fani o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va saboq chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, raqamli texnologiyalarning tarix darslariga integratsiyasi bu fanning o‘zlashtirilishini yengillashtiradi, uni ko‘proq hayotiy va jonli qiladi.
Ushbu maqolada namanganlik shoir Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li Dog‘iyning lirik merosi haqida ma’lumot berilgan. Shoir she’rlarida mumtoz adabiyot an’analariga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Buning misoli sifatida Dog‘iyning hamd va na’tlari tahlil ostiga olindi.
Mazkur ilmiy maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish masalasi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB misolida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bank tomonidan 2021–2024 yillar oralig‘ida joriy etilgan raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, internet-banking, onlayn kreditlash, chatbotlar va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarning samaradorligi tahlil qilindi. Statistik ko‘rsatkichlar asosida mijozlar qoniqish darajasining ortishi, xizmat ko‘rsatish tezligi va qulayligi oshgani aniqlangan. Shuningdek, maqolada xizmat sifatini yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan strategik yo‘nalishlar – shaxsiylashtirilgan xizmatlar, avtomatlashtirish darajasini oshirish va kibermuhofaza choralarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda bank raqamlashtiruvi orqali xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur maqolada yopiq va ochiq axborot tizimlari va resurslarini yagona axborot makonida integratsiyalashning konseptual va amaliy asoslari keng qamrovda tahlil etiladi. Integratsiyalash modeli doirasida axborot almashinuvi, tizimlararo moslashuvchanlik (interoperabilitet), xavfsizlik strategiyalari, huquqiy va axloqiy masalalar, texnik arxitektura hamda standartlashtirish muammolari har tomonlama ko‘rib chiqiladi. Yopiq tizimlarning ishonchlilik va maxfiylik talablari bilan ochiq tizimlarning ochiqlik, innovatsion yondashuv va shaffoflik prinsiplari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash modelning markaziy vazifasidir. Tahlil davomida SOA (Xizmatga asoslangan arxitektura), API Gateway, ETL texnologiyalari, axborot xavfsizligi protokollari, va mashina-o‘qilishi mumkin bo‘lgan interfeyslar kabi zamonaviy texnik yechimlar misolida amaliy yondashuvlar yoritiladi. Ushbu maqola ilmiy izlanishlar, davlat va korporativ axborot infratuzilmalari hamda raqamli transformatsiya loyihalari uchun zaruriy nazariy va metodologik asosni shakllantiradi.