Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat tashkilot va korxonalarida Axborot xavfsizlik monitoring markaz (Security operation center-SOC)larini joriy qilish istiqbollari hamda bu orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashda erishiladigan natijalarni tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Bunda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari orqali uzatiladigan xizmatlari uzluksizligini hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida eng zamonaviy yechimlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida davlat tashkilot va korxonalarida telekommunikatsiya infrastrukturasi apparat, dasturiy va apparatli-dasturiy vositalari xavfsizligini ta’minlash uchun axborot tizimining zamonaviy vositalar, funksional va tuzilmaviy ta’minotini monitoring qilishgacha bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olingan.
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirishda multimediali materiallardan foydalanishning samaradorligini ochib beradi.Maqoladao‘qish darslarini zamonaviy texnologiyalar yordamida qiziqarli va samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.Muallif multimediali materiallar — hikoya, rasm, audio, video, animatsiya va interaktiv topshiriqlar orqali dars jarayonini boyitish imkoniyatlarini tahlil qilgan. Shuningdek, darslarda elektron kitoblar, o‘qish portallari, audio kitoblar va videoroliklardan foydalanishning metodik afzalliklari va ularni tanlash mezonlari keng yoritilgan.
Ushbu maqolada yosh gandbolchilarga o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazish tamoyillari tahlil qilindi. Tadqiqotda 12-14 yosh va 15-17 yosh guruhlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar asosida jismoniy, psixologik va texnik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Mashg‘ulotlar har bir yosh guruhining ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, individual va guruh yondashuvlari yordamida sportchilarning motivatsiyasi va texnik ko‘nikmalari rivojlantirilgan.
В данной статье рассматриваются вопросы учета и анализа оборотных средств в фермерских хозяйствах Узбекистана. Особое внимание уделяется методам управления оборотными активами, анализу их структуры и проблемам, с которыми сталкиваются сельскохозяйственные предприятия. В работе использованы статистические данные и результаты исследований узбекских и зарубежных ученых. Авторы приходят к выводу, что цифровизация бухгалтерского учета и внедрение современных финансовых инструментов являются ключевыми факторами повышения эффективности фермерских хозяйств. В статье также предложены рекомендации по совершенствованию системы управления оборотными средствами.