Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida didaktik texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda didaktik texnologiyalarni tanlash va ularni samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda oliy harbiy bilim yurtlari tomonidan tizimda nomaxfiy ish yuritish va hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida ko‘nikma hosil qilishdan hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlar va zamonaviy elektron tartibda hujjatlar bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish va yo‘lga qo‘yishning yangicha usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy qarashlar va takliflarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududida yashovchi aholining diniy e’tiqodlari va ularning moddiy madaniyatda ifodalanishi tahlil etiladi. Diniy qarashlarning me’moriy yodgorliklar, kundalik turmush buyumlari, bezak san’ati hamda dafn marosimlariga oid ashyolarda qanday aks etgani ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, diniy ramzlar, naqshlar va haykalchalar orqali aholining dunyoqarashi, qadriyatlari hamda e’tiqodiy an’analari yoritiladi. Maqolada tarixiy-arxeologik topilmalar misolida diniy tasavvurlar va ularning moddiy madaniyatdagi ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada Software-Defined Networking (SDN) texnologiyalarining harbiy harakatlardagi taqdim etadigan imkoniyatlarini atroflicha yoritildi, shuningdek, dunyodagi kuchli armiyalardan biri hisoblanadigan Amerika Qo'shma Shtatlari armiyasida SDN texnologiyalarini tadbiq etishda erishilgan yutuqlar va ular taqdim etgan potentsial imtiyozlar sanab o'tildi.