Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish sabablari, ularning bank moliyaviy barqarorligiga ta’siri hamda kamaytirish mexanizmlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki misolida o‘rganilgan. Tadqiqotda kredit oluvchilarning moliyaviy holatini yetarli darajada baholamaslik, kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, garov ta’minotining likvidligi pastligi, monitoring jarayonlaridagi kamchiliklar va tashqi iqtisodiy omillar muammoli kreditlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi asoslangan. Shuningdek, bankning kredit portfelini diversifikatsiya qilish, zamonaviy skoring tizimlarini joriy etish, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini muntazam monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish hamda muammoli qarzdorlik bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
This article investigates the problem of shaping national identity in the spiritual and ethnic development of preschool children within the context of contemporary globalization. The pedagogical and psychological potential of the rich oral heritage of the Karakalpak people—specifically lullabies, folk tales, proverbs, and traditional games—is comprehensively analyzed. As a result of the study, a methodological framework for integrating national folklore into preschool education organizations (PEOs) is proposed, and its impact on children's ethno-cultural consciousness is systematically demonstrated.
Tilshunoslik bo‘limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy e’tibori frazeologizmlarni o‘rganishga qaratiladi. Frazeologiya – ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o‘zaro bog‘liq so‘z birikmasidir. Frazeologizm so‘z kabi lug ‘aviy birlik hisoblanadi. Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda mavjud bo‘lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir. Ushbu maqolada frazeologizmlarning o ‘rganilishi, shakllanish bosqichlari hamda Ularning asosoiy xususiyatlari tahlil qilinadi.
Maqolada yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g‘oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilish, ta'lim jarayonini samarali va interaktiv qilishga qaratilgan yangi usul va yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Ushbu texnologiyalar yordamida o'quvchilarning faol ishtiroki ta'minlanadi, dars materiallari ko'proq vizual va audio uslublarda taqdim etiladi, shuningdek, o'quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlari rivojlantiriladi. Innovatsion metodlar o'qituvchilarga darsni individual va guruhli ishlar orqali tashkil etish, shuningdek, turli xil elektron resurslar va multimedia vositalaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi. Bu jarayon o'quvchilarning o'rgatishdan ko'ra o'z-o'zini o'rganish qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan.