Mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda amaldagi EFL darsliklarida madaniy mazmun ko‘pincha statik faktlar shaklida berilishi, bu esa talabalarning tahliliy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini cheklashi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, an‘anaviy reproduktiv o‘qitish metodlari o‘rniga interaktiv, muammoli va kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta‘kidlanadi. Maqolada o‘quv dasturlari va darsliklarni qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda muqobil (formatif va autentik) baholash tizimini tatbiq etish orqali talabalarining tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish mumkinligi ilmiy asosda yoritiladi.
Mazkur maqolada laboratoriya ishlarini differensiallashtirish asosida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini qondirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda tashkil etishning metodik asoslari tahlil qilingan. Differensial yondashuv orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada laboratoriya topshiriqlarini murakkablik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish, individual va guruhiy ishlash shakllaridan foydalanish hamda baholash mezonlarini moslashtirish usullari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari laboratoriya ishlarining ta’limiy samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga hamda ularning individual ta’lim ehtiyojlarini samarali qondirishga xizmat qiladi.
Mazkur ilmiy maqolada ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining rivojlanishini zamon talabi asosida o‘rganib kelingani keng tahlil etilgan.Maqolada har bir ijtimoiy tizim, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqligi yoritib berilgan. Shuningdek, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borganligi, dastlabki diniy e‘tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘lganligi ochib berilgan. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ushbu maqolada Yangi Konstitutsiya sharoitida inson huquqlari va erkinliklarini sud tizimi orqali himoya qilishning dolzarbligi, ahamiyati va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada sudlarning huquqiy kafolatlar doirasida inson huquqlarini ta’minlashdagi roli, adolatli sudlov prinsiplari, mustaqil sud faoliyati, shikoyat va nazorat mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada sud-huquq islohotlarining inson huquqlari himoyasiga ta’siri, sud nazorati orqali huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlash va mazkur jarayonni samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Maqola sud tizimining konstitutsiyaviy huquqiy bazasi, sud mustaqilligi va adolatli sudlov prinsiplari asosida inson huquqlarini himoya qilishdagi amaliyotni ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada sud orqali himoya qilish mexanizmlari, jumladan, shikoyat qilish, nazorat qilish va sud-huquqiy islohotlar orqali huquqiy himoyani ta’minlash jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustaqil va professional sud tizimi mavjud bo‘lganda, fuqarolarning asosiy huquqlari samarali himoya qilinadi, adolatli sudlov prinsiplari ta’minlanadi va huquqiy davlat tamoyillari mustahkamlanadi. Shu bilan birga, maqolada sudlar va boshqa huquqiy organlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati, fuqarolarni sud himoyasi mexanizmlari haqida xabardor qilish va yangi Konstitutsiya sharoitida konstitutsiyaviy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ham keltiriladi. Ushbu tahlil Yangi Konstitutsiya va inson huquqlari himoyasiga oid ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.