Shartnomaviy munosabatlar keng tarmoqli tushuncha bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar, subyektiv, obyektiv jihatlarga qarab turli xil ko‘rinishlarda tahlil qilinishi mumkin. Shu bilan birga yuqoridagilarni inobatga olib normativ jihatdan tartibga solinishi mumkin. Sport sohasida shartnomaviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, shu bilan birga ularning turlar, holati hamda boshqa bir qancha holatlarini tahlil qilish bilan bir sport sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning boshqa munosabatlardan farqli jihatlarini keltirish mumkin.
Ushbu maqolada mental arifmetikaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Mental arifmetika nafaqat tez hisoblash malakalarini, balki tafakkur, xotira, diqqat va tasavvur kabi kognitiv kompetensiyalarni ham rivojlantiradi. Tadqiqotda turli metodlar asosida tajriba sinf o‘quvchilari bilan ish olib borilib, ularning natijalari tahlil qilindi.
Maqolada tibbiy tashxis qilish jarayonida qo‘llaniladigan ko‘p sinfli klassifikatsiya masalalarini yechish uchun ansamblli o‘rganish yondashuvlaridan foydalanish masalasi qaralgan. Stacking, Random Forest va LightGBM ansambl usullaridan foydalanib o‘quv tanlanmalaridagi klassifikatsiya aniqligini hisoblash kabi ishlar natija sifatida olingan.
Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.