Mazkur maqolada iste’mol narxlari indeksini shakllantirishda narx kuzatuvini tashkil etish, mavsumiy tovarlarni hisobga olish, savdoda vaqtincha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar bo‘yicha shartli baholash hamda sifat o‘zgarishini aniqlashning uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi iste’mol narxlari indeksining inflyatsiya darajasini baholash, aholi daromadlari va xarid qobiliyatidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish, shuningdek, makroiqtisodiy qarorlar qabul qilishdagi muhim o‘rni bilan izohlanadi. Tadqiqotda milliy statistika amaliyotida qo‘llanilayotgan uslubiy yondashuvlar xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil qilindi. Xususan, iste’mol narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha xalqaro qo‘llanmalar, Yevropa statistika tizimi materiallari, statistik jarayon va statistik axborot modellariga doir yondashuvlar hamda savdo skaneri ma’lumotlari asosida narx indekslarini hisoblash tajribasi o‘rganildi. Tahlil natijasida narx kuzatuvi tizimida tovarni aniq identifikatsiya qilish, taqqoslanuvchanlikni saqlash, mavsumiy mahsulotlar uchun shartli baholash usullarini to‘g‘ri tanlash va sifat o‘zgarishini narx o‘zgarishidan ajratish iste’mol narxlari indeksining aniqligi va ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillar ekani aniqlandi. Shuningdek, milliy metodologiyada qo‘llanilayotgan yondashuvlarning amaliy ahamiyati ochib berildi hamda ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslandi. Tadqiqot natijalari milliy statistika amaliyotini takomillashtirish, narx ma’lumotlari sifatini oshirish va rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichlarining ishonchliligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
This article investigates the integration of digital technologies in teaching English vocabulary. It explores how multimedia tools, mobile applications, and online platforms enhance vocabulary acquisition, retention, and active use among Uzbek students. The paper highlights effective strategies, challenges, and practical recommendations for incorporating technology into language classrooms.
Maqolada korrupsiya tushunchasi, uning sabablari va jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari — qonunchilik, institutsional choralar, profilaktika va fuqarolik jamiyatining roli yoritiladi. Maqola maqsadi — korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sirini tushuntirish va uni kamaytirish bo‘yicha samarali choralarni ko‘rsatish.
Mazkur maqolada bank tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish jarayonlari hamda ularning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy moliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitda sun’iy intellekt bank xizmatlari sifatini oshirish, risklarni boshqarish samaradorligini kuchaytirish hamda operatsion xarajatlarni qisqartirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda kredit skoringi, firibgarlikni aniqlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, risklarni monitoring qilish va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishning bank faoliyati rentabelligiga, operatsion samaradorligiga hamda mijozlar qoniqish darajasiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish banklarning operatsion xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, kredit risklarini aniqroq baholash imkonini beradi hamda xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi.
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida yosh o‘quvchilarning kognitiv tafakkurini rivojlantirishda neyrotexnologiyalardan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim jarayonida neyrotexnologiyalar asosida o‘quvchilarning mantiqiy, analitik va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tahlil, tajriba-sinov va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neyrotexnologiyalarga asoslangan o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning diqqat, xotira va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ta’lim jarayoniga neyrotexnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.