Mazkur maqolada musobaqa davrida OKMK gandbol jamoasi markaz o‘yinchilarining o‘yinni boshqarish va hujum samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida markaz o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlari, qaror qabul qilish tezligi, uzatma aniqligi va golli hujumlardagi ishtiroki tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, video-tahlil va statistik usullar asosida musobaqaning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Olingan natijalarga asoslanib, musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan mashqlar tizimi markaz o‘yinchilarining hujumni boshqarish va umumiy o‘yin samaradorligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur maqolada bolajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, uning tarkibiy tuzilmasi va shakllantirish texnologiyalari kompleks tarzda tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida ijtimoiylashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, kommunikativ va emotsional-intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Mazkur maqolada o‘rta sinf o‘quvchilarining sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Unda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari, mashg‘ulot jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada bolajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash orqali pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi misolida ayol obrazining murakkab va ko‘p qirrali ruhiyati badiiy tasvir orqali ochib beriladi. Muallif ayolning ichki kechinmalari, sabr-toqati, mehr-muhabbati hamda hayot sinovlariga bardoshliligi masalalarini chuqur yoritadi. Asarda ayol nafaqat oila timsoli, balki o‘z orzu-intilishlariga ega, ichki kurashlar bilan yashovchi shaxs sifatida talqin qilinadi. Yozuvchi ayol qalbidagi iztirob va umidlarni ta’sirchan ifodalab, o‘quvchini uni yanada chuqurroq tushunishga undaydi va maqolada ushbu jihatlar tahlilga tortiladi.